Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres “Betis”ga qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuvi bosh hakami Undiano Malyenkoga esdalik sovg‘a taqdim qildi.
Mazkur uchrashuvdan keyin Malyenko hakamlik faoliyatini tugatdi va Peres unga “Santyago Bernabeu”ning kichraytirilga talqinini sovg‘a qilib berdi.
45 yoshli Malyenko faoliyati davomida 346 ta o‘yinni boshqardi. Primeradagi ilk uchrashuvini u 26 yoshligida boshqargan va bu ham rekord hisoblanadi.