Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Real» va Beyl o‘rtasidagi muammo ancha jiddiy tus olmoqda

«Real» va Beyl o‘rtasidagi muammo ancha jiddiy tus olmoqda

Baho:
+ | -

«Real» kecha Ispaniya chepmionatining so‘nggi turi doirasida «Bernabeu»da «Betis»ga imkoniyatni boy berdi (0:2).

Mazkur o‘yin yakunlanganidan keyin «Madrid» futbolchilari maydonga chiqib, muxlislarga minnatdorchilik bildirishdi. Uchrashuvni zaxirada o‘tirib kuzatgan Beyl esa o‘yin yakunlanishi bilan tezda kiyinish xonasiga yo‘l oldi. Natijada u qolgan futbolchilar bilan ishqibozlarga minnatdorchilik bildirish uchun maydonga chiqmadi.

Ronaldu klubni tark etganidan keyin u yetakchi bo‘lishi taxmin qilingan edi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Uelslik futbolchi Lopetegi paytida jarohat olgunga qadar doimiy ravishda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Shuningdek, Solari boshqaruvida Beyl o‘z hisobiga 10ta gol yozdi. Hattoki u Zidan boshqaruvidagi dastlabki o‘yinda gol urdi. Ammo mavsumning so‘nggi qismida muammolarga duch keldi.

Garet so‘nggi 3ta o‘yinda maydonga tushmadi: «Vilyarreal» va «Sosyedad»ga qarshi o‘yinlarda qaydnomaga kiritilmagan bo‘lsa, «Betis»ga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldi. Kechagi bahsning 52-daqiqasida murabbiylar shtabi zaxiradagi futbolchilardan chigalyozdi mashg‘ulotini o‘tashni so‘radi. Ammo Beyl o‘z joyidan qimirlamadi. Har qanday holatda ham u maydonga tushmasligini bilar edi.

Ko‘pchilik mavsum so‘ngida britaniyalik futbolchi "Qirollik klubi"ni tark etishini kutmoqda. Ammo bu ish osonlik bilan ro‘y bermaydi. Jurnalist Fernando Burgos tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi o‘yindan keyin qattiq xafa bo‘lgan va kiyinish xonasida: «Shartnomam yakunlanishiga hali 3 yil bor. Agar ular mening ketishimni istasa, har bir mavsum uchun 17 million yevro to‘lashi kerak. Aks holda men klubda qolaman. Futbol o‘ynamasdan, faqat golf o‘ynashimga to‘g‘ri kelsa, men u ishni qilishga tayyorman», — deya ta’kidlagan Beyl.

"Real"ni kelasi mavsumda jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda. Jumladan, jamoa 200 million yevroga o‘yinchi sotib, 300 million yevroga yangi futbolchilar sotib olmoqchi. Barcha rejalar amalga oshsa, Zidan keyingi mavsumda barcha sovrinlar uchun kurash olib bormoqchi.

Kiritildi: 11:49, 20.05.2019.
O'qildi: 16072 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.