Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» de Ligt nomzodidan voz kechishi mumkin

«Barselona» de Ligt nomzodidan voz kechishi mumkin

Baho:
+ | -

"Ayaks" sardori Mateys de Ligt bilan muzokara olib borayotgan "Barselona" klubi uni xarid qilish fikridan voz kechishi mumkin.

Tomonlar ancha vaqtdan beri shaxsiy shartnoma borasida muzokara o‘tkazishmoqda, ammo ular bir to‘xtamga kela olishmayapti. Kataloniyaliklar rahbariyatiga o‘yinchining agenti Mino Rayola katta miqdorda xizmat haqida so‘rayotganidan tashqari, de Ligtning yuqori maosh talab qilayotgani ham yoqmayapti. Bundan tashqari, gollandiyalik himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun kafolat so‘ramoqda.

Ushbu talablar "Barselona"ga ma’qul kelmayapti va o‘z e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratishi mumkin.

19 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "Ayaks" safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.

Manba: football.ua
Kiritildi: 16:41, 20.05.2019.
O'qildi: 12328 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.