Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Mario Gyotse: "Klopp mashg‘ulotlarda qattiq so‘kishi, ammo keyin "ishlar qalay?" deb hol so‘rashi mumkin"

Mario Gyotse: "Klopp mashg‘ulotlarda qattiq so‘kishi, ammo keyin "ishlar qalay?" deb hol so‘rashi mumkin"

Baho:
+ | -

"Borussiya" D yarimhimoyachisi Mario Gyotse sobiq ustozi Yurgen Klopp portretiga chizgilar chizdi.

"Klopp mening birinchi murabbiyim bo‘lgan va u menga birinchi bo‘lib ishonch bildirgan hamda 17 yoshimda debyut qilishimga yordam bergan inson. Uning "Liverpul"da ishlayotganini va OAV bilan o‘zini tutishini kuzatish qiziq.

U to‘g‘riso‘z, istaganini gapiradi. Ammo ko‘pchilik maydon chetida turadigan Kloppni bilishadi. Ammo uning jiddiy tomonlari ham bor.

17-18 yoshimda mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan ishlamagan vaqtim u qo‘rqinchli tusga kirardi. U oldimga kelib, yuzimga qichqirardi. Nemischadan tarima qilolmayman, ammo man’nosi shu: "Yaxshiroq ishla! Kuchingni sarfla! Bo‘l, #####!".

Mashg‘ulotdan so‘ng esa, mutlaqo xotirjam, yoningga o‘trib, "Mario, qalaysan? Kel, hayot haqida gaplashamiz. Ishlar qalay?" deb so‘rar edi.

U meni qanday boshqarishni bilar edi. U kuchli murabbiy, ammo mening o‘sha yoshimdagi futbolchilar bilan qanday ishlashni bilar edi. Men hech qachon u kabi tabiiy qiziq murabbiyni uchratmaganman.

U bilan Dyusseldorfda uchrashganimni hech qachon unutmayman. U soch ko‘chirib o‘tkazuvchi mutaxassis bilan uchrashishga tayyorlanayotgan vaqt. Germaniyada hamm shuni muhokama qilgan payt. Ammo u hech narsaga e’tibor bermasdi. U jilmayib, mendan keyin qanday ko‘rinishi mumkinligini so‘rar edi.

Ketayotgan vaqtida ko‘zini qisib: "Mario, tashvishlanma, senga raqamini olib kelib beraman" dedi. Men "Nima?" deb so‘radim. U: "Shifokorning raqamini. Sen uchun yozib olaman. Bir necha yildan so‘ng senga asqotishi mumkin" degan edi", - deb yozadi Gyotse o‘z kolonkasida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:27, 21.05.2019.
O'qildi: 3466 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.