Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Serhio Ramos Ronalduning qaytishi haqida fikr bildirdi

Serhio Ramos Ronalduning qaytishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Yevro futbol olamidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

Aleksis Sanches muxlislaridan uzr so‘radi

Chililik futbolchi APLning so‘nggi turi yakunlangach, muxlislardan uzr so‘rab o‘z ijtimoiy tarmoqlarida post qoldirdi. Unda quyidagi so‘zlar keltirilgan edi:

Biz bu mavsumni juda yomon o‘tkazdik va muxlislardan uzr so‘rashga majburmiz. Men jarohatlarim tufayli bu mavsum maydonda  ko‘ngildagidek harakat qila olmadim. Men haqimda OAV yozgan hamma gaplar ham haqiqat emas.  Men bu mavsumdagi sust o‘yinlarim uchun sizlardan uzr so‘rayman…
«Manchester Yunayted» bir kun kelib albatta avvalgi darajasiga, Fergussoning davrlaridagi ko‘rinishiga qaytadi!

Mavsum yakunlangach Ispaniyaning «Marca» nashri Serhio Ramos bilan kichik intervyuni e’lon qildi. Uni saytimiz o‘quvchilariga ilindik.

Biz uchun juda og‘ir o‘tgan mavsum o‘z yakuniga yetganidan xursandman. Keyingi mavsumni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.  Mavsumlar orasida bizni og‘ir sinovlar kutib turibdi. Biz endi o‘z tarkibimizni va o‘yin uslubimizni rivojlantirgan holda muxlislarimiz xohlagan jamoaga aylanishimiz darkor! «Real» bu «qirollik klubi» degani! Biz bu yuqori nomga loyiq bo‘lishimiz shart! O‘ylashimcha, Zidan o‘z ishini yaxshi biladi, jamoa uchun kerakli o‘yinchilarni «Real Madrid»ga olib keladi va bizni avvalgi darajaga olib chiqa oladi! Ronalduga keladigan bo‘lsak, uning yo‘qligi bizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. U bor paytlari bizda muammolar yo‘q edi. Uning qaytishini xohlaysizmi? Ronaldudek futbolchi klubingda to‘p surishini kim ham xohlamaydi deysiz? Shunga qaramasdan, o‘ylashimcha u ortga qaytmaydi. Qaytgan taqdirda ham voqealar rivoji qanday bo‘lishini taxmin qilishning iloji yo‘q!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 19:28, 21.05.2019.
O'qildi: 22690 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.