Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Rasmiy xabar! No‘mon Xasanov iste’foga chiqdi

Rasmiy xabar! No‘mon Xasanov iste’foga chiqdi

Baho:
+ | -

Kecha “Qo‘qon-1912” futbol klubida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Jamoa bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqdi. Jamoani vaqtinchalik Aziz To‘xtaboyev boshqarib turadi.

No‘’mon Hasanov 2016-yilning 2-davrasida jamoamizni juda qiyin vaziyatda qabul qilib olgan edi. Tajribali murabbiy “Qo‘qon-1912” jamoasini qiyin bo‘lgan vaziyatda , kuchlilar safida olib qolishni uddasidan chiqdi. Qolaversa No‘’mon Hasanov murabbiylik qilgan davrda juda ko‘plab yutuqlarga erishildi. Jumladan “Qo‘qon-1912” jamoasi 2017 va 2019-yillarda Farg‘ona viloyat hokimi kubogi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek 2017-yilda Qo‘qon futboli tarixidagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya takrorlandi. Jamoa 2-turdan 13-turgacha 11ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmadi.

"Qo‘qon-1912" jamoasi Toshkentda vatanimizni grand jamoalari "Paxtakor" , "Lokomotiv" jamoalaridan ochko tortib olishga erishdi. "Bunyodkor" jamoasi o‘z maydonida mag‘lub etildi. No‘’mon Hasanov davrida “Qo‘qon-1912” futbol klubidan O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibiga 3 nafar futbolchi taklif qilindi hamda bu futbolchilar Osiyo miqyosidagi yirik halqaro musobaqalarda vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishdi. No‘’mon Hasanov murabbiylik faoliyati davomida yosh futbolchilarni tarbiyalashga ham jiddiy e’tibor qaratdi.

Jumladan Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov kabi futbolchilar nafaqat “Qo‘qon-1912” futbol klubining balki O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining ham asosiy futbolchilari bo‘lib yetishishida bosh murabbiyning xizmatlari katta bo‘ldi. No‘’mon Hasanov jamoamizga bosh murabbiy bo‘lib kelgan vaqtda asosiy maqsadi Qo‘qonlik futbol muxlislarini stadionga qaytarish ekanligini ta’kidlagan edi. Darhaqiqat o‘tgan mavsumlarda Qo‘qondagi "Markaziy" stadioni muxlislar bilan to‘lib toshdi. "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z muxlislariga juda ko‘plab quvonchli va hayajonli daqiqalarni hadya qildi.

“Qo‘qon-1912” futbol klubi No‘’monjon Nurmatovichga jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz No‘’mon Hasanovga mustahkam sog‘lik, kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 11:31, 22.05.2019.
O'qildi: 4585 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.