Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Oltin vodiy velotur» sog‘lomlashtirish sport tadbiri qanday o‘tmoqda ?

«Oltin vodiy velotur» sog‘lomlashtirish sport tadbiri qanday o‘tmoqda ?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

23-24 may kunlari velosportni yanada ommalashtirish, turli yosh toifalari, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida vodiy bo‘ylab “Oltin vodiy velotur” sog‘lomlashtirish sport tadbiri tashkil etildi.

Kecha, 23 may kuni Andijon shahri markazidagi Bobur maydonida o‘tkazilgan velotur boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda 1000 dan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

Andijon viloyati hokimi sovrini uchun o‘tkazilayotgan ushbu velotur Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari hamkorligida tashkil etilib, Andijon viloyatining 11 ta, Namangan viloyatining 5 ta, Farg‘ona viloyatining 5 ta tuman va shaharlarini o‘z ichiga qamrab olgan 260 km masofaga o‘tkazilmoqda.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov so‘z olib, mamlakatimizda sportga, qaratilayotgan e’tibor xususida alohida fikr bildirar ekan ushbu tadbir davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus asosida tashkil etilganligini ta’kidladi. Shu o‘rinda sportchilarga Andijon, Namangan va Farg‘ona bo‘ylab davom etadigan 260 kilometrlik masofani sog‘-salomat bosib o‘tishlarida omad va zafarlar tiladi. Shundan so‘ng velosportchilar harakatiga start berildi.

Sportchilar Andijon shahridan Oltinko‘l tumaniga kirib borar ekan ularni tuman faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari karnay surnay sadolari ostida kutib olindi. Yo‘l davomida sportchilarga tumandagi havaskor velosipedchilar ham hamroh bo‘lib bordilar. Ayniqsa, Baliqchi tumanida tashkil etilgan kutib olish marosimi sportchilarni yanada shijoat bilan olg‘a bosishga undadi. O‘z navbatida tumandagi yoshlar va ayol velosportchilarning safga qo‘shilgani barcha ishtirokchilarga ko‘tarinkilik ulashdi. 75 kilometrdan ortiqroq masofani bosib o‘tgan sportchilarni tumanning Namangan viloyati bilan tutashgan hududida baliqchilik keksa nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar guldastalar bilan qarshi oldilar. Tuman ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga birdek hush kayfiyat ulashdi.

Kuning ikkinchi yarmida marafon ishtirokchilari Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumaniga yetib keldilar. Ularni hududdagi sportchi nuroniy otaxonlar qarshi oldilar. Viloyat markazi sari bo‘lib o‘tgan velo yurish nafaqat ishtirokchilarni balki, atrofdagilarni ham befarq qoldirmadi. Tadbir qatnashchilari kechga yaqin shahar markazidagi Farg‘ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga yetib keldilar. Ularni muassasaning faol sportchi yoshlari kutib oldilar.

Bugun tadbirning ikkinchi kunida Farg‘ona shahrining diqqatga sazovor joylarini aylangan velotur ishtirokchilari Quva orqali Asaka tumani yo‘l olishadi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 13:12, 25.05.2019.
O'qildi: 2009 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик