Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

XOQ Ijroiya qo‘mitasi Tokio-2020 Olimpiadasi uchun boks bo‘yicha yo‘llanmalar qay tartibda o‘ynalishini e’lon qildi

XOQ Ijroiya qo‘mitasi Tokio-2020 Olimpiadasi uchun boks bo‘yicha yo‘llanmalar qay tartibda o‘ynalishini e’lon qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan dastlabki masala kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha bahslarning yo‘llanmalari qay tartibda taqsimlanishi bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Tokio-2020 Olimpiadasida boks bahslari uchun erkaklar o‘rtasida -52, -57, -63, -69, -75, -81, -91 va +91 kilogarmm vazn toifalari amal qiladi. Ayollar o‘rtasida esa -51, -57, -60, -69 va – 75 kilogramm vazn toifalari bo‘yicha janglar olib boriladi.

Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun jami 63 ta lisenziya ajratilib, ulardan 41 tasi erkaklar, 22 tasi ayollar boksi o‘rtasida taqsimlanadi. Olimpiya vazn toifalarida qit’alar uchun turli miqdorda yo‘llanmalar ajratildi. Masalan, bizning mintaqamizda -52, -57 va -63 kg kilogramm vazn toifalariga 6 tadan, -69, -75 va -81 kg vazn toifalariga 5 tadan, -91 va +91 kg vazn toifalari uchun 4 tadan o‘rin ajratilgan. Ayollar toifasida esa -51 kg vazn uchun 6 tadan, qolgan kategoriyalarga 4 tadan o‘rin berildi.

Olimpiada uchun saralash turnirlari kelasi yilning yanvar-may oylarida o‘tkazilishi belgilandi. Bu oralig‘da 4 ta qit’aviy va 1 ta jahon miqyosida saralash turnirlari o‘tkaziladi. Hozircha saralash musobaqa mezbonlari e’lon qilinmagan. Yanvar-aprel oralig‘ida barcha qit’alar bo‘ylab mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkazilsa, unda yo‘llanma ololmaganlar uchun 2020 yilning may oyida jahon miqyosidagi lisenzion musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasida boks bellashuvlari 25 iyul-9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: Olympic
Kiritildi: 12:27, 20.06.2019.
O'qildi: 2133 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик