Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Gimnastikachi qizlarimizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyati davom etadi

Gimnastikachi qizlarimizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyati davom etadi

Baho:
+ | -

Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati jozibali raqobat ostida davom etmoqda.

Quvonarlisi, musobaqaning bugungi kunida ham terma jamoamiz vakillari bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Kunning birinchi qismida to‘p bilan mashq qilish bo‘yicha 5 kishilik guruh bahsida terma jamoamiz qizlari oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Xalqada mashq qilish bo‘yicha yakkalik chiqishda o‘z omadini sinab ko‘rgan Yekaterina Fetisova esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida to‘pda mashq bajarish bo‘yicha Yosmina Rahimova Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shu yosh toifasida arg‘amchidagi mashq bo‘yicha kechgan bellashuvda Taxmina Ikromova shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shu tariqa terma jamoamiz vakillarining musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronzani tashkil etmoqda. Bunday ko‘rsatkich bilan qizlarimiz, shubhasiz, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda turishibdi.

Manba: Olympic
Kiritildi: 17:28, 22.06.2019.
O'qildi: 1958 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик