Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Paxtakor» yoshlari kundan-kunga tanilmoqda

«Paxtakor» yoshlari kundan-kunga tanilmoqda

Baho:
+ | -

"Paxtakor" yoshlar jamoasi joriy mavsumda ham ishonchli o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda.

O‘tgan mavsumda yoshlarimiz chempionga aylanib, o‘sha tarkib a’zolarining aksariyati Superliga jamoalari safida tajriba to‘plashmoqda.

Ushbu mavsumda hozircha "Paxtakor" yoshlari 13 o‘yinning 8tasida g‘alaba qozonishdi. 3 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 2 uchrashuv mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Raqib darvozasiga 30 to‘p kiritilib, 13 gol o‘tkazib yuborildi. 27 ochko to‘plagan yoshlarimiz peshqadamdan bir ochkoga ortda qolishmoqda.

Hojimat Erkinov, Ruslan Roziyev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi futbolchilar o‘zlarining chiroyli harakatlari bilan muxlislar e’tiborini tortishga ulgurishdi.

Ayni paytda yoshlarimiz tarkibida asosan 2000, 2001 va 2002 yilda tavallud topgan yosh o‘yinchilar maydonga tushishmoqda. Tarkibda barcha futbolchi "Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Birinchi davrada hujumchi Hojimat Erkinov 10 bor raqib darvozasiga to‘p kiritdi. Shuningdek, yana o‘nga yaqin golli uzatma sohibiga aylandi. Ruslan Roziyev hisobiga 4 gol yozilgan.

10 - Hojimat Erkinov
4 - Ruslan Roziyev, Shohruh Mahmudhojiyev
3 - Alisher Salimov, Ulug‘bek Hoshimov
2 - Alisher Odilov
1 - Humoyunmirzo Iminov, Shohjahon Sultonmurodov, Mirjalol Mirzayev.

Manba: Пахтакор расмий телеграм саҳифаси
Kiritildi: 19:27, 11.07.2019.
O'qildi: 3355 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик