Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng yangi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz

Klopp transfer kompaniyasi haqida gapirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng bu mavsumdagi transfer rejalari bo‘yicha o‘zining  fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘ylashimcha, bu yilgi transfer oynasi chog‘ida eng faollardan biri bo‘lmaymiz. Nega deysizmi? Bizda shundoq ham ko‘plab yangi futbolchilar mavjud. Bular jumlasiga Chemberlen va Bryusterlarni qo‘shgan bo‘lar edim. Bundan tashqari biz 17 yoshlik Sepp van den Bergni xam xarid qildik. Bizning barcha yosh futbolchilarimiz yangi xarid qilingan o‘yinchilar maqomiga ega. Chemberlenga keladigan bo‘lsak, u o‘tgan mavsumda deyarli maydonga tushmadi va yangi mavsumda o‘zini to‘liq ko‘rsatish ilinjida.

De Laurentis Ikardi borasida bayonot berdi

Italiyaning «Napoli» klubi prezidenti Aurelio De Laurentis Ikardining transferi borasida bayonot berdi : “Men uning agenti, ha xotini sanaladigan Vanda bilan 3 yil avval uchrashgan edim. Tan olish lozim, hozirda bizga Ikardining yordami kerak emas. Uning «Napoli» klubiga o‘tishi borasidagi barcha xabarlar mish-mishdan boshqa narsa emas. Hozirda Ancheloti o‘zi istagan futbolchilarni tarkibiga qo‘shib olish uchun qo‘limizdan kelganicha yordam ko‘rsatyapmiz. Bizning bu transfer oynasidagi asosiy maqsadimiz Hames Rodriges. Uni qo‘lga kiritishimiz shart. Ancheloti uni “«A seriya»da g‘olib bo‘lish kaliti” deb atadi.

«Barselona» «Manchester Yunayted»ni dog‘da qoldirishi mumkin

Kataloniya super klubi saviyali himoyachi qidirishda davom etmoqda. «Barsa» kelajakda Pikening o‘rnini bosa oladigan futbolchi izlamoqda.
«Don Balon» nashrining xabar berishicha, «Barselona» Italiyaning «Fiorintina» klubi himoyachisi Nikola Milenkovich borasida futbolchining klubi bilan muzokalarni boshladi. Bu futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Manchester Yunayted» klubi mana bir necha oydan beri muzokaralar olib borayotgan bo‘lsada  yakuniy qarorga kela olmayotgan edi

Sapataning oshiqlari ko‘payib bormoqda

O‘tgan mavsumda «Atalanta» klubidagi ajoyib o‘yinlari evaziga bir nechta klublarning e’tiboriga tushgan futbolchi bilan APLning yana bir klubi jiddiy qiziqib qoldi.
Duvan Sapatani qo‘lga kiritishni istayotgan «Vest Xem» klubi futbolchi uchun Italiya klubi uchun 40 million taklif qilmoqda. Futbolchi uchun bundan avval «Chelsi», «Atletiko Madrid», «Napoli» singari klublardan takliflar bolgan edi. London klubi Sapataning trasnferi orqali Arnautovichdan so‘ng  qolgan bo‘sh o‘rinni to‘ldirmoqchi. Bu transfer amalga oshishi natijasida «Atalanta» klubi 70 million atrofida mablag‘ undirishni niyat qilgan. Futbolchining o‘zi esa, boshqa klubga o‘tishga qarshi emas. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Angiliyalik futbolchi uchun 5 ta klub kurash olib boradi

Agiliyaning «Fulhem» klubi himoyachisi Rayn Sessenionni qo‘lga kiritishni istayotgan jamoalar soni 5 taga yetdi. Shu kunlarda futbolchi uchun uning klubiga «Manchester Yunayted» jamoasidan ham taklif kelib tushdi. Bunga qadar unga «Bavariya», «Yuventus», «PSJ» va «Tottenhem» klublaridan qiziqish bo‘lgan edi.
Futbolchi yangi mavsumni katta ehtimol bilan boshqa klub  safida boshlaydi. Sababi, uning «Fulhem» bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilga qadar amal qiladi. Agarda klubi uni bu mavsumda sotib yubormasa, keyingi mavsumda Rayan erkin agentga aylanishi mumkin. Shu kunlarda futbolchi uchun «Tottenhem» klubi 25 million funt taklif qildi. «Fulhem» esa  o‘z futbolchisi uchun 40 million atrofida talab qilmoqda.

«Sevilya» to‘xtamayapti

«Sevilya» klubi sport direktori Ramon Monchi transfer oynasida faollik ko‘rsatishda davom etmoqda. «Il Matino» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, andalusiyaliklar «Roma» klubi yetakchilaridan biri sanaladigan Florentsini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, klub o‘z futbolchisini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormochi emas. Italiyalik futbolchi «Roma» klubining yangi murabbiyi Fonsekaning rejalarida yo‘q ekanligi uning boshqa klubga o‘tishiga turtki bo‘lishi hech gap emas.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 23:57, 12.07.2019.
O'qildi: 10892 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.