Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz

«Bayer» va «Roma» kelishib oladi

Germaniyaning «Bayer» klubi futbolchisi Leon Beyli tez orada «Roma» klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Ishonchli manbaalarning xabar berishicha, futbolchi uchun klub 10 million yevro va «Roma» klubi hujumchisi Patrik Shiikni qo‘lga kiritmoqchi. «Roma» rahbariyati chexiyalik futbolchining o‘yinlaridan qoniqish xosil qilmayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak . Bundan tashqari klubning yangi ustozi baland bo‘yli hujumchiga ehtiyoji yo‘q ekanligini va futbolchini transferga qo‘yishini e’lon qilgan edi. Agarda bu transfer amalga oshsa, ikki tomon ham katta yutuqqqa erishadi.
Eslatib o‘tamiz «Bo‘rilar» chexiyalik hujumchini bundan 2 yil muqaddam 22 million yevro evaziga harid qilishgan edi.

«Yuventus» o‘z uslubida!

Futbolchilarni juda past narxlarda harid qilish va tekinga qo‘lga kiritish borasida tengsiz sanaladigan «Yuve» o‘z uslubida ishga kirishdi.
Hozirda «Inter» klubi hujumchisi Mauro Ikardi va klub o‘rtasidagi aloqalar juda yomonlashgan bo‘lib, futbolchi maydonga tushmasdan turib maosh olishini e’lon qildi. Klub esa unga o‘z hukmini o‘tkazish uchun chora-tadbirlarni qo‘llash arafasida. Aynan shu vaziyatda «Yuventus» argentinalik hujumchi uchun 40 million yevro taklif qilmoqchi. «Le Gazzeta della sport» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra  bechora «Inter» shu pulga ham rozi. «Keksa seniora» esa  pulning bir qismini bonus tarqasida berish uchun muzokaralarga kirishmoqchi. O‘zining uddaburonligi bilan tanilgan klub tez orada 90 million atrofida baholanadigan futbolchini azaliy raqiblaridan 40 millionga harid qilish arafasida.

«Arsenal» himoyachi olmoqchi

«To‘pchilar» yangi mavsum oldidan markaziy himoyachiga juda muhtoj bo‘lishmoqda. Klubning mavsum oldi yig‘inlarida ishtirok eta olmagan Loran Koselni mavsumni yuqori darajada o‘tkaza olmas ekanligi aniq bo‘lib boryapti. «Arsenal» klubi muammoning yechimi sifatida «Manchester Siti» futbol klubi himoyachisi Nikolos Otamendini ko‘rmoqda. Londonliklar shu kunlarda futbolchiga taklif jo‘natishmoqchi.
Gap shundaki, Gvardiola Otamendining o‘yin uslubi klub falsafasiga mos tushmaganligi bois sotib yuborish tarafdori. Futbolchining o‘zi esa «Valensiya»ga qaytib ketishni istayapti. Argentinalik himoyachi boshlanayotgan mavsumda YCHLda ishtirok etadigan klub safida bo‘lishni afzal bilishini  e’lon qildi. Afsuski, «Arsenal» yangi mavsumda yana Yevropa Ligasi musobaqasida to‘p suradi.

«PSJ»ga jazoirlik futbolchi kerak

Parij klubini Adriyen Rabio tark etgach, jamoa markazini kuchaytirish borasida ishlar olib borishdan to‘xtamayapti. Ularning navbatdagi maqsadi «Afrika Millatlar kubogi» musobaqasida porlayotgan jazoirlik Yusuf Atal bo‘lib turibdi. Fransiyaning «Nitsa» klubi a’zosi sanaladigan futbolchi o‘z terma jamoasi bilan musobaqaning final bosqichiga qadar yetib chiqdi va chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
«Nitsa» klubi o‘z futbolchisini sotib yubormoqchi emas. Qaytanga unga musobaqadan so‘ng, yaxshilangan va yangilangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi. Voqealar rivoji qora qit’adagi kubok yakunlangandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Starridj Italiyada?

«Daily Exspress» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Daniyel Starridj o‘z faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Gap shundaki, futbolchi bilan «Baloniya» klubi jiddiy qiziqib qolgan va unga ajoyib shartnoma taklif qilmoqda.
Futbolchi hozirda erkin agentga aylanganidan xabaringiz bor. Uning oldida shuningdek, «Soutgempton» va «Seltik» variyantlari ham mavjud.
Starridj 30 yoshni qoralab qo‘ygani uchun APL da to‘p surmoqchi emas. Uning fikricha yoshi o‘tgan futbolchilar uchun «Italiya A» siyeriyasidan qulayroq chempionat yo‘q. Agarda klub va futbolchi kelishuvga erishsa, futbolchi «Baloniya» tarkibidagi eng katta maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:06, 15.07.2019.
O'qildi: 5912 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.