Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi

Bugun JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun butun Osiyo qit’asi diqqat-e’tibori Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohiga qaratiladi. 

U yerda Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Jami 40 ta yurt terma jamoalari saralashdagi o‘z raqiblari nomini bilib oladi. Birinchi saralash bosqichida zafar quchgan 6 ta terma jamoa ushbu ikkinchi bosqichga avtomatik tarzda yo‘l olgan 34 ta yurt termalari bilan birgalikda jami 5 ta savatga ajratib chiqilgan. Natijada har bir guruhda 5 tadan ishtirokchi bo‘ladi va guruhlar soni 8 tani tashkil etadi. Saralash bahslari yakunida guruhda 1-o‘rinni band etadigan 8 ta terma jamoa va 2-o‘rin sohiblari ichidagi eng yaxshi natijaga ega yana 4 ta terma jamoa Osiyo kubogi-2023 final bosqichiga yo‘l olish bilan birgalikda Jahon chempionati-2022 saralashining ham yakuniy hal qiluvchi bosqichi yo‘llanmasini rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-savatdan o‘rin olgan. 

Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 02:40, 17.07.2019.
O'qildi: 7444 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик