Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Temur Kapadze va Aziz Haydarov O‘FAda ish boshladi

Temur Kapadze va Aziz Haydarov O‘FAda ish boshladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, yaqindagina yurtimiz va xorijning bir qancha klublarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan tajribali yarim himoyachi Azizbek Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasida ham uzoq yillar to‘p surgan futbolchining keyingi faoliyati ham mamlakatimiz bosh jamoasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Azizbek Haydarov O‘FA terma jamoalar bo‘limida ish boshlamoqda. Unga turli yoshdagi barcha terma jamoalar ishini muvofiqlashtirish kabi mas’uliyatli vazifa topshirildi.

Haydarov bilan bir davrda terma jamoada to‘p surgan o‘zbek futbolining yana bir afsonaviy vakili, uchrashuvlar soni va titullar bo‘yicha O‘zbekistonda rekordchilardan biri hisoblangan Timur Kapadze ham O‘FA tizimida ish boshladi. Avval milliy terma jamoada vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlab, keyinchalik “Lokomotiv” klubi o‘rinbosarlar tarkibiga murabbiylik qilgan Kapadze, to‘plagan tajribasini seleksiya ishlariga yo‘naltiradi. O‘FAning seleksiya ishlari aynan Timur Kapadze zimmasiga yuklanadi.

Shu kungacha futbolchi sifatida yurtimiz sharafini himoya qilgan ushbu mutaxassislar o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘zbek futboli ravnaqi yo‘lida sarflashga kirishmoqdalar.

Assosiasiya rahbariyati ularga yuksak ishonch bildiradi va omad tilaydi!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:38, 22.07.2019.
O'qildi: 4277 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик