Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«So‘g‘diyona» ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozondi

«So‘g‘diyona» ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining ikkinchi davrasini «So‘g‘diyona» klubi ketma-ket ikkita g‘alaba bilan boshladi. O‘tgan turda o‘z uyida "Lokomotiv"ni mag‘lub etgan jizzaxliklar, bugun Qo‘qondan g‘alaba bilan qaytishdi. "Qo‘qon-1912" esa ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortmoqda.

Uchrashuv mezbonlar uchun omadsiz boshlandi. Birinchi daqiqadagi hujum mehmonlarga omad keltirdi. Ivan Nagayev hisobni ochdi. Goldan keyin darhol hujumga otlangan qo‘qonliklar  raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. 7-daqiqada "Qo‘qon-1912" penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi.

Hisobni tenglashtirgach, maydon egalari katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Ana shunday hujumlarning birida aniqrog‘i, 17-daqiqada "So‘g‘diyona" posboni jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. 27-daqiqada mehmonlar jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Sanjar Rashidovning jarimadan tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. 29-daqiqada Suhrob Berdiyevning kuchli zarbasini mehmonlar posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 43-daqiqada Suhrob Berdiyev juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasi birozgina noaniq bo‘ldi. Shu tariqa, jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni qo‘qonliklar ancha faol boshlashdi. 52-daqiqada jarima maydonchasiga oshirib berilgan to‘pni Shahboz Erkinov raqib darvozasiga aniq yo‘llay olmadi. 63-daqiqada mehmonlar ikkinchi to‘pni kiritishdi. Qarshi hujumlarning birida jizzaxliklar raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Jasur Hasanovning uzatmasidan keyin Kaxi Maxaradze to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

70-daqiqada mehmonlar uchinchi golni kiritishgandi. Ammo to‘p kiritgan futbolchi o‘yindan tashqari holatda qolib ketgani bois gol inobatga olinmadi. 72-daqiqada "Qo‘qon-1912" ijrosidagi ajoyib kombinasiya yakuniga yetmay qoldi. Ushbu vaziyatda Iqbol Malikjonov raqib jarima maydoni ichida ajoyib o‘yin namoyish etganini e’tirof etish lozim. O‘yining so‘nggi daqiqalarida jamoalarda golga tortadigan ko‘plab vaziyatlar yuzaga kelishiga qaramay, hisob boshqa o‘zgarmadi.

Coca Cola Superliga, 15-tur
“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” – 1:2 (1:1)
Gollar: Murod Xolmuhammedov (7 pen). - Ivan Nagayev (1)  Kaxi Maxaradze (63).
“Qo‘qon-1912”: 1. Islom Abdullayev 4.Sobit Sindarov, 7. Jamshid Hasanov (5. Hojimat Erkinov – 62), 10. Quvondiq Ro‘ziyev (91.Otabek Haydarov – 81), 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 19. Suhrob Berdiyev, 20. Iqbol Malikjonov, 22. Shaxboz Erkinov (11. Timur Hakimov – 70),  23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Murod Xolmuhammedov.
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitorovich, 2. Sardor Qulmatov, 4. Elyor Orifov, 5. Kaxi Maxaradze (8. Siroj Meliyev – 88), 7. Sanjar Rashidov, 10. Shoxruz Norxonov (11. Izzatilla Abdullayev – 68), 14. Jamshid Boltaboyev (97. Shahboz Jo‘rabekov – 46), 71. Jasur Hasanov, 88. Ivan Nagayev, 91. Nikola Milinkovich, 92. Sherzod Fayziyev.
Hakamlar: Aziz Asimov, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, G‘ayrat Jo‘rayev.
Nazoratchi: Maksim Nexochin.
Komissar: Jahongir Rahmatullayev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:44, 30.07.2019.
O'qildi: 2895 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.