Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kanoechilarimiz jahon chempionatini 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan tugatishdi

Kanoechilarimiz jahon chempionatini 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan tugatishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ruminiyaning Puteshti shahrida yakunlanib borayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli tugadi. Bugun stratga chiqqan vakillarimiz terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallar shodasini taqdim qilishdi.

Kecha 200 metr masofada kanoening juftlik yo‘nalishida g‘alaba qozongan vakillarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova bugun 500 metr masofaga o‘tkazilgan poygada kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Batafsil:

Kanoeda eshkak eshish. U-23 JCH. 
Ayollar, 500 metr.
1. Kseniya Kurax, Darya Xarshenko (Rossiya) – 2:05.266
2. Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova (O‘zbekiston) – (+0.778)
3. Sofiya Kisban, Giada Bragato (Vengriya) – (+1.940)

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatini 2 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan yakunladi. Bu esa 23 yoshgacha bo‘lgan toifada umumiy hisobda beshinchi natija demakdir.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:27, 04.08.2019.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик