Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Samvel Babayan: «Himoyada xatolarimiz bor»

Samvel Babayan: «Himoyada xatolarimiz bor»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida «Surxon» maydonida uchralgan mag‘lubiyatdan keyin «temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi navbatda raqiblarni navbatdagi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugun tashabbus bizning tomonda bo‘ldi. Ammo himoyada yo‘lga qo‘yilgan qo‘pol xatolardan keyin o‘yinda ikkinchi raqamli bo‘lib ko‘ringan jamoa g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Himoyada xatolarimiz katta ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu borada ishlashimiz kerak. Himoya va hujumning bog‘lanishi esa muammo bo‘layapti.

Bugun tarkibda o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘ldik. Chap qanot himoyachimiz Oleg Zoteev jarohatlangandi. Uning o‘rnini markaziy himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev bilan to‘ldirdik. Balki xatolarning bir qismi shu jihat bilan bog‘liqdir. Umumiy olganda esa o‘yin sifatimizda kichik pasayishni ko‘rdim. Shu boisdan xatolarni ko‘rib chiqib, ularni to‘g‘rilash borasida ishlashimiz kerak.

Penalti? Buni muhokama qilish men uchun juda qiyin. Chunki vaziyat men uchun unchalik ko‘rinmadi. To‘g‘risini aytsam, bu hozir muhim ham emas. Himoyadagi xatolarimizni tahlil qilish men uchun muhimroq", — dedi Samvel Babayan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:50, 04.08.2019.
O'qildi: 2520 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик