Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qit’amizda o‘smir bokschilarimizni yengib bo‘lmayapti

Qit’amizda o‘smir bokschilarimizni yengib bo‘lmayapti

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Shu kunlarda Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytga kelib, yarim finalga yo‘l olgan terma jamoa vakillari nomi ma’lum bo‘ldi. E’tiborlisi, musobaqani boshlagan 14 nafar bokschimizning barchasi chorak final jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, g‘alaba sari ildam qadam tashlab borishmoqda. Chorak final janglarining natijasi quyidagicha:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Pavel Tokarev (Qozog‘iston) 5:0
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Salim Abbos (Iroq) 4:1
-40 kg: Farrux To‘laganov – Baddur Muhammad Ali (Suriya) 4:1
-43 kg: Umidillo Rasulov – Bind Rupesh (Hindiston) 4:1
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Nixil (Hindiston) 3:2
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov – Sherpa Vangdi (Nepal) (Bokschimiz 2-raundda raqibini nokaut qildi)
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Ashish (Hindiston) 5:0
-55 kg: Jahongir Narziyev – Vadim Baurin (Qirg‘iziston) 5:0
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Aidos Matayev (Qozog‘iston) 5:0
-61 kg: Mirzob Nekboyev – Abu Jihad Yaxyo (Iordaniya) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)

Ma’lumot uchun, 4 avgust kuni o‘tkazilgan janglarda 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, yarim final yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:45, 06.08.2019.
O'qildi: 2159 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик