Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugun poytaxtimizda taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. “Universal” sport saroyi mezbonlik qilayotgan musobaqa yurtimiz va xalqaro sport jamoatchiligining diqqat-e’tiborida bo‘lib turibdi. Musobaqa ochilish marosimidan avval jahon taekvondo federasiyasi rahbari Chung Von Choy hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yurtimizda taekvondo sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, diyorimizda bu kabi yirik xalqaro musobaqalarni ko‘proq o‘tkazish kabi masalalar xususida muzokara olib borildi. Shuningdek, Chung Von Choy O‘zbekiston Milliy universitetida taekvondo fakultetining tashkil etilishi va sportchilarimiz xalqaro maydonda qayd etayotgan natijalar Prezidentimiz tomonidan ushbu sportga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor namunasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuv yakunida Aziz Abduhakimov martabali mehmonga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng barchaning nigohi musobaqaning tantanali ochilish marosimiga qaratildi. Unda Chung Von Choy va Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, ushbu jahon chempionatining yuqori saviyada tashkil etilganligiga alohida urg‘u berib o‘tishdi.

Martabali mehmonlar tomonidan musobaqa ochiq deb e’lon qilingach, an’anaga muvofiq sporchti, murabbiy va hakamlar nomidan bir nafardan vakil so‘zga chiqib, bellashuv davomida halol raqobat olib borishga qasamyod qabul qilishdi.

Shundan so‘ng marosimning badiiy qismiga navbat berildi. Unda Janubiy Koreyadan kelgan yosh taekvondo jamoasi o‘zlari tayyorlab kelgan chiqishlar bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, o‘zbek-koreys madaniyatini birlashtiruvchi kuy-qo‘shiq va raqslar ham tomoshabinlarning diqqat-markazida bo‘ldi.

Tantanali ochilish marosimi yakunlangach musobaqaning birinchi kun dasturidan o‘rin olgan final janglari boshlandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 08:27, 08.08.2019.
O'qildi: 1434 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.