Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Jahon taekvondo federasiyasi rahbari MOQga tashrif buyurdi

Jahon taekvondo federasiyasi rahbari MOQga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yirik musobaqa ko‘plab xalqaro federasiya rahbarlari e’tiborida ekani shubhasiz. Musobaqa jarayonini va tashkiliy qo‘mita ishi bilan yaqindan tanishish uchun jahon taekvondo federasiyasi rahbari Chung Von Choy ayni kunlarda poytaxitmizda bo‘lib turibdi. Martabali mehmon bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov kutib oldi.

Uchrashuv chog‘ida Rustam Shoabdurahmonov yurtimizda ommaviy sport rivoji va taekvondoga qaratilayotgan e’tibor haqida batafsil gapirib berdi.

Sizning tashrifingiz musobaqaning nufuzini yanada ko‘tarib berdi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yoshlarimizning porloq kelajagi yo‘lida 5 ta muhim ustuvor tashabbus ishlab chiqqan bo‘lib, ulardan biri aynan sport sohasiga qaratilgan. Unda yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish g‘oyasi ilgari surilgan. Zero, sog‘lom avlod kuchli mamlakat poydevoridir. So‘nggi 3 yil ichida sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlarimiz safi sezilarli ko‘paydi. Sizning bu tashrifingiz – ulkan bino qurilishiga qo‘yilgan tamal toshi. Sizdagi boy tajriba, malaka yordamida taekvondo taraqqiyotini yangi darajaga olib chiqamiz. Qarshi bo‘lmasangiz, MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federasiyamizdan biriktiriladigan vakillarimiz jahon taekvondo federasiyasining faoliyati bilan tanishib, ushbu sportni rivojlantirish strategiyasini o‘rganib qaytishsa”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

O‘z navbatida Chung Von Choy ham o‘z taassurot va rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekistonga beshinchi bor kelishim. Bu galgisi menda umuman o‘zgacha taassurot qoldirmoqda. Bilamanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev uzoqni ko‘ra oladigan inson va shu o‘rinda sportga ham katta e’tibor qaratmoqda. 2 yil muqaddam kelganimda muhtaram Shavkat Mirziyoyev bilan taekvondoning O‘zbekistondagi rivoji borasida 1 soatdan oshiq suhbat olib borgan edik. Ushbu sport taraqqiyoti yo‘lida O‘zbekiston Milliy universitetida (O‘zMU) taekvondo fakulteti ochilgan. Ushbu tashrifim davomida fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishdim va aytishim mumkinki, yurtingizda taekvondoni bu darajada yoqtirishadi, deb o‘ylamagan edim. Ishonamanki, bunday hamkorligimiz bardavom bo‘ladi”, – dedi Chung Von Choy.

Shuningdek, tadbir davomida murabbiy va hakamlar saviyasini oshirish, O‘zMUda tashkil etilgan taekvondo fakultetining faoliyatini yanada rivojlantirish kabi istiqbolli rejalar xususida muzokara olib borildi. Uchrashuv yakunida har ikki tomon bir-birlari bilan esdalik sovg‘alarini almashishdi.

Suhbatdan so‘ng martabali mehmon MOQdagi Olimpiya muzeyida o‘zbekistonlik sportchilar Olimpiya o‘yinlarida qayd etgan natijalari bilan yaqindan tanishdi.

Manba: Olympic
Kiritildi: 15:19, 08.08.2019.
O'qildi: 5092 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.