Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jahon chempionatida dastlabki medalni qo‘lga kiritgan taekvondochimiz ma’lum

Jahon chempionatida dastlabki medalni qo‘lga kiritgan taekvondochimiz ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki medalini qo‘lga kiritdi. -33 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Muhammadamin Aliyev musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Vakilimiz turnir davomida Braziliya, Filippin, Shvesiya terma jamoasi vakillarini mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Afsuski, final uchun kechgan jangda yurtdoshimiz ukrainalik Maksim Manenkovga 17:31 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bu terma jamoamiz uchun mazkur jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan dastlabki medal bo‘ldi. Yana 2 kun davomida bahs olib boradigan yosh sportchilarimizga bundan-da katta zafarlar tilab qolamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:21, 08.08.2019.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик