Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Klopp yoki Gvardiola? Kim kuchliroq?

Klopp yoki Gvardiola? Kim kuchliroq?

Baho:
+ | -

Hozirda APLning ikki grand klublarini boshqarayotgan Yurgen Klopp va Pep Gvardiola o‘rtasidagi raqobat tobora avj olib bormoqda. Ho‘sh bu ikki murabbiydan qay biri kuchliroq? Ushbu savolga futbolchi va murabbiylar tomonidan berilgan intervyular orqali javob olishga urunib ko‘ramiz.

Ibrahimovich

Gvardiola yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin yaxshi inson emas. U juda qo‘rqoq va men ko‘rgan eng yomon insonlardan biri. Uning qarorlari doimo meni g‘ashimni keltiradi. Dunyo futbolidagi zerikarli uslubni olib kirgan Gvardiola borasida yana nima deyishim mumkin? Klopp borasida bunday deya olmayman. U o‘zini tabiiy tutadi va oddiylikni hush ko‘radi. O‘yin paytida o‘zini juda agressiv tutadi va shogirdlari ham u kabi maydonda jang qilishadi. Uning o‘yin uslubi men uchun ko‘proq manzur bo‘lyapti. Agar tanlash kerak bo‘lsa, kim YCHLni yutgan bo‘lsa, aynan o‘sha murabbiy kuchliroq sanaladi! Xulosa o‘zingizdan.

Ser Aleks Fergusson

Bu murabbiylarni zamonaviy futboldagi eng qudratli ikkita kuch deb atasak, yanglishmagan bo‘lamiz. Shunday bo‘lsada, men Kloppni tanlayman. Sababi, u o‘tgan mavsumda YCHLda g‘olib chiqdi va dunyoning eng kuchli murabbiyi ekanligini hammaga isbotlab qo‘ydi. Bundan tashqari men uni yaqindan taniyman. Biz u bilan ancha oldin murabbiylarning malaka oshirish markazida tanishib qolgan edik. Adashmasam Jeneva shahrida. U o‘zgacha shaxs. Uning o‘z olami va g‘oyalari mavjud. Kelajakda uning g‘oyalari uni yanada yuqori cho‘qqiga olib chiqishiga ishonchim komil.

Zidan

Gvardiola futbol olamiga yangilik olib kira olgan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi. U buyuk futbolchi! To‘g‘risi, Gvardiolani futbolchi sifatida yaxshi bilaman. Biz o‘ta yuqori darajada qarama-qarshilik namoyish etganmiz. Hozirda Pep dunyo darjasidagi murabbiyga aylandi. Men u qo‘l ostidagi klublarning o‘yinlariga maftun bo‘lib qolaman. Men undan ko‘p narsa o‘rganishim lozim deb hisoblayman. Klopp haqida to‘xtalib o‘tishim mumkin. Men futbolchi sifatida undan yaxshiroq o‘ynagan bo‘lsamda, murabbiylik bobida uni qattiq hurmat qilaman. U ajoyib murabbiy bo‘lishi mumkin, lekin Pep daho!

Levandovskiy

Gvardiola taktikani juda hush ko‘rar edi. U o‘yinni bir nechta qismlarga bo‘lib tashlar, hamma narsa uning qo‘l ostida bo‘lishini istar edi. Ba’zan uning harakatlaridan sabrsizligi yaqqol ko‘rinib qoladi. Biz uning qo‘l ostida ajoyib o‘yin namoyish etgan bo‘lsakda, kerakli o‘yinlarda biz jismonan toliqib qoldik.
Men doimo Klopp haqida so‘zlashdan oldin biroz jim bo‘lib qolman. To‘g‘risi bu inson mening hayotimni tubdan o‘zgartirib yuborgani ko‘z o‘ngimdan o‘tadi. U fantastik murabbiy va juda yaxshi inson. Biz uning boshqaruvi ostida juda qudratli klubga aylangan edik. U menga juda ko‘p narslarni o‘rgatgan. Eng qizig‘i shundaki, mening klassik hujumchi ekanligmni aynan Yurgen kashf etgan va meni shunga ishontira olgan. Men uchun bu ikki murabbiylar o‘z ishining ustasi sanaladi. Shunday bo‘lsada, mening yuragimga Klopp biroz yaqinroq.

Joze Mourinyo

O‘ylashimcha dunyodagi barcha murabbiylar Gvardiola singari sharoitda ishlashni orzu qilishsa, ajab emas. Nega deysizmi? E’tibor qarating! Unga qanot himoyachisining o‘yini yoqmasa, 3 ta qanot himoyachisi xarid qilishdi. Unga yangi darvozabonning o‘yini manzur kelmasa, tez orada boshqasini xarid qildi. To‘g‘risi, bunday kosmik sharoitda ishlash ancha ustunliklar beradi.
Klopp esa, haqiqiy jangchi! Siz «Barselona»ga qarshi kambekni ko‘rdingizmi? Bu kambekning nomi Yurgen! Ha bu kambek shunday ataladi. Nega deysizmi? Buning sababi shundaki, Klopp unga hech kim ishonmagan bir paytda ham o‘z irodasini ishga soldi va daxshatli «Barselona»ni ruhan yengib qo‘ydi. Uning tarkibi har mavsumda yangi o‘yinchilar bilan kuchaymaydi. U kichik imkoniyatdan katta g‘alabalar qozonishga moslashgan murabbiy.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:55, 10.08.2019.
O'qildi: 5818 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.