Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Zafarbek Karimov kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Zafarbek Karimov kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkent mezbonlik qilgan taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. To‘rt kun davom etgan dunyo birinchiligida sayyoramizning 70 ga yaqin mamlakatidan 850 nafarga yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi. 20 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi esa mazkur musobaqa yakunida 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Dastlab, -33 kilogramm vazn toifasida Muhammadamin Aliyev yarim finalgacha yetib borib, terma jamoamiz uchun mazkur musobaqadagi dastlabki medalni taqdim qilgan bo‘lsa, ertasi kun -41 kilogrammda Zafarbek Karimov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, ushbu taekvondochimiz jahon chempionatining eng yaxshi sportchisiga atalgan sovrinni ham qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida 4 nafar sportchimiz afsuski, yarim final uchun kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, 12 nafar vakilimiz 1/8 final, yana ikki taekvondochimiz esa musobaqani 1/16 finalda yakunlashdi.

Oldingi uchta jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar jami 7 ta bronza medaliga ega chiqishgandi. Bugungi kunga kelib, kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yurtimiz sportchilarining jami medallari soni 9 taga yetdi. Ulardan bittasi oltin, qolgan 8 tasi bronza medallaridir. Demak, Toshkentda o‘tkazilgan dunyo birinchiligi ushbu yo‘nalishda qo‘lga kiritilgan dastlabki oltin medal bilan yodimizda qolmoqda.

Bellashuvlar yakunlanganidan keyin turli yo‘nalishlarda taqdirlangan laureatlar ro‘yxati quyidagicha:

Eng yaxshi sportchi:
Yigitlar: Zafarbek Karimov (O‘zbekiston)
Qizlar: Sanaz Fazlabad (Eron)

Eng yaxshi jamoa:
Yigitlar: Rossiya
Qizlar: Eron

Eng yaxshi murabbiy:
Yigitlar jamoasi: Sergey Kostanenko (Rossiya)
Qizlar jamoasi: A’zam Dorusti (Eron)

Eng yaxshi hakam:
Erkaklar: Denis Kim (Rossiya)
Ayollar: Kseniya Levay (Serbiya)

Shuningdek, “Faol ishtiroki uchun” Avstraliya, “Jangovor ruh” yo‘nalishida Marokash terma jamoalari taqdirlanishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:34, 10.08.2019.
O'qildi: 4918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.