Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun MOQda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vise-prezidentlari Aziz Kamilov hamda Saken Polatov, shuningdek, sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Konferensiyada kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala assosiasiyaning amaldagi raisi Ulug‘bek Mirhaydarovning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha yozgan arizasini ko‘rib chiqish va uning o‘rniga yangi rahbar saylash bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida dastlab U.Mirhaydarov arizasi ko‘rib chiqildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan uning iste’fosini qabul qilishdi.

Shundan so‘ng MOQ vise-prezidenti Aziz Kamilov so‘zga chiqib, assosiasiya rahbarligi uchun shu paytgacha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjayev nomzodini ilgari surdi va yig‘ilganlarga nomzod haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Ovoz berish jarayonida barcha bir ovozdan yangi nomzodni ma’qulladi va Muxtorxon Tashxodjayev O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasiga yangi rahbar etib saylandi.

Avvalo, menga bildirilgan ishonch uchun hammaga rahmat. Oldimizda Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlaridek mas’uliyatli musobaqa turibdi. Rioda qayd etilgan natija tasodif emasligini isbotlash uchun barchamiz birgalikda harakat qilamiz. Jamoaning hamjihatligisiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Umid qilamanki, barchamiz bir jamoa bo‘lib, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni ado etamiz”, – dedi Muxtorxon Tashxodjayev.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Oybek Kasimov va Aziz Kamilov so‘zga chiqib, yangi rahbarning faoliyatida omad va zafarlar tilab o‘tishdi. Shuning bilan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Tadbir yakuniga yetgach, barcha Milliy Paralimpiya assosiasiyasida jam bo‘ldi. U yerda MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Paralimpiya assosiasiyasi mutasaddilari, sportchi va trenerlar bilan suhbatlashdi. MOQ prezidenti uchrashuv davomida tashkilot a’zolariga yangi rahbarni yana bir bor tanishtirib, M.Tashxodjayevning faoliyatida omad tiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:26, 19.08.2019.
O'qildi: 1911 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.