Kirish Ro'yxatdan o'tish

Chirchiq og‘ir atletika muxlislarini o‘z bag‘riga chorlaydi

Chirchiq og‘ir atletika muxlislarini o‘z bag‘riga chorlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

22-24 avgust kunlari Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetining sport manejida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi. Sentyabr oyida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga asosiy tarkib vakillarini saralab olish va ularning jismoniy tayyorgarligini ko‘zdan kechirib olish imkoniyatini beradigan ushbu musobaqada Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyuradigan polvonlar qatnashadi. O‘zbekiston kubogi bir vaqtning o‘zida asosiy tarkib vakillarini saralashdan tashqari yoshlar va o‘smirlar terma jamoasini shakllantirib olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, kubok bahslarida terma jamoamizning asosiy tarkib vakillari ham o‘z mahoratini namoyish etishadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 22 avgust kuni 16:30 da boshlanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:46, 20.08.2019.
O'qildi: 2074 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик