Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Lutfillayev va O‘rozboyev birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tishdi

Lutfillayev va O‘rozboyev birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Biroz avval -60 kilogramm vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz o‘z bellashuvini o‘tkazishdi.

Qur’aga ko‘ra, ikkinchi davradan bellashuvga kirishgan Sharofiddin Lutfillayev Xalqaro dzyudo federasiyasi bayrog‘i ostida qatnashayotgan Muhammad Rashnonezxadni, Diyorbek O‘rozboyev esa amerikalik Adonis Diasni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Uchinchi davrada endi Sharofiddinga quvaytlik Omar Alsufayri, Diyorbekka esa chexiyalik David Pulkrabek raqiblik qiladi.

E’tiborlisi, ayni paytda jahon reytingini boshqarib borayotgan va musobaqaning birinchi raqami ostida saralangan rossiyalik Robert Mshvidobadze kutilmaganda ikkinchi davrada Xitoy Taipeyi vakili Yung Vei Yangga mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan erta xayrlashdi. Qur’a natijasiga ko‘ra mutaxassislar to‘rtinchi davrada O‘rozboyev va Mshvidobadze juftligini taxmin qilishayotgan edi.

Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari Assosiasiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolangani haqida ma’lum qilgan edik. Ayni paytda bellashuvlar o‘tayotgan «Nippon Budokan» arenasida ko‘p sonli yoshlarimiz o‘zbekistonlik dzyudochilarni qo‘llab-quvvatlash uchun jam bo‘lishgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:44, 25.08.2019.
O'qildi: 1365 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.