Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"So‘g‘diyona" — AGMK uchrashuvi prevyusi: Tarozi pallasi qaysi jamoa tomoniga og‘adi?

"So‘g‘diyona" — AGMK uchrashuvi prevyusi: Tarozi pallasi qaysi jamoa tomoniga og‘adi?

Baho:
+ | -

Superliganing 18-turida AGMK Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs boylaydi.

— Mazkur jamoalar to‘qnashuvlari tarixiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin "So‘g‘diyona" - AGMK o‘rtasidagi 22-uchrashuvga aylanadi. Qizig‘i, qayd etilgan natijalar ko‘rsatkichi teng. O‘tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g‘alaba qozongan va xuddi shuncha yutuq "So‘g‘diyona" hisobida ham bor. Qolgan 5 o‘yinda esa durang qayd etilgan. Hozircha mazkur jamoalar qarama-qarshiligida tarozi pallasi teng turibdi. To‘plar nisbati ko‘rsatkichi esa jamoamiz foydasida: 35-30.

Raqib haqida

— Ayni paytda "So‘g‘diyona" 27 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining yuqori beshligini yakunlab turibdi. Joriy mavsum jizzaxliklar 8 g‘alaba, 3 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etishgan. Jizzaxda o‘tgan o‘yinlarda esa "So‘g‘diyona" 2 mag‘lubiyat va 1 durang o‘ynagan. Qolgan bahslarda jizzaxliklar g‘alaba nashidasini surishgan. Baqoyev jamoasi o‘z uyida "Paxtakor"ga yutqazdi va "Qo‘qon-1912" bilan durang qayd etgandi. Joriy mavsumdagi o‘z uyidagi ilk mag‘lubiyatni esa jamoa Lushan boshchiligida "Surxon"ga qarshi bellashuvda tan olishga majbur bo‘lgandi.

Jizzaxliklar o‘z uyidagi 9 uchrashuvda raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol etishgan. Shu bilan birgalikda "So‘g‘diyona" o‘z uyidagi o‘yinlarda jami 10 marotaba to‘p o‘tkazib yuborgan.

Jizzaxliklarning joriy mavsumdagi asosiy futbolchisi Shohruz Norxonov sanaladi. Norxonov hisobida 7ta gol mavjud va bu borada futbolchi jamoasining to‘purari bo‘lib turibdi.

Birinchi davrani AGMKda o‘tkazgan Jasur Hasanov va himoyachi Sherzod Fayziyev mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "So‘g‘diyona"da o‘tkazmoqda.

Tayyorgarlik haqida

— Jamoamiz bugun Qibraydagi asosiy o‘yingohda "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar odatdagidek qiziqarli va a’lo kayfiyatda o‘tdi. Pavel Bugalo darvozabonlarni maxsus dastur asosida shug‘ullantirgan bo‘lsa, Marat Axmerov va Xayrulla Karimov futbolchilarni chigalyozdi mashg‘ulotlarini olib borishdi. Hikmat Ergashev va Aleksandr Volkov Mirjalol Qosimovga futbolchilarga taktik qo‘llanmalar hamda o‘ylangan kombinasion jarayonni ishlashda ko‘maklashishdi.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yinni jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan Zafar Polvonov "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinga optimal formada chiqish uchun alohida dastur asosida shug‘ullandi. Shuningdek, kichik jarohati bois umumiy guruhdan chetda qolgan Bobur Yuldoshev asosan yengil mashg‘ulotlar bilan cheklandi. Qayd etish kerakki, Bobur Yuldoshev Jizzaxdagi o‘yinni sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetgani bois diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

Shu tariqa qiziqarli o‘tgan bugungi mashg‘ulotni yakunlagan jamoamiz ertaga ertalab "So‘g‘diyona" bilan o‘yinni o‘tkazish uchun Jizzaxga otlanadi. O‘yinoldi rasmiy mashg‘ulot ertaga "So‘g‘diyona" stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: AGMK turnir jadvalida 16 ochko to‘plab 11-o‘rinni band etmoqda. Ehtimoliy g‘alaba jamoamizni jadvalga ikki pog‘onaga tepaga ko‘tarilish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

Jizzaxdagi o‘yinni Ahrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur hakam joriy mavsum hisobidan ilk marotaba AGMK ishtirokidagi bahsda ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 18-turi doirasidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs Jizzaxdagi "Markaziy" stadionda 27 avgust kuni soat 19:15da boshlanadi.

Superliga, 18-tur.

SO‘G‘DIYONA – AGMK
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Doniyor Saylavov, Timur Galeev, Olim To‘ychiboyev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Sardor Qudratullayev

Mazkur jamoalar to‘qnashuvlari tarixiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin "So‘g‘diyona" — AGMK o‘rtasidagi 22-uchrashuvga aylanadi. Qizig‘i, qayd etilgan natijalar ko‘rsatkichi teng. O‘tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g‘alaba qozongan va xuddi shuncha yutuq "So‘g‘diyona" hisobida ham bor. Qolgan 5 o‘yinda esa durang qayd etilgan. Hozircha mazkur jamoalar qarama-qarshiligida tarozi pallasi teng turibdi

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 09:25, 26.08.2019.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.