Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

YECHL guruh bosqichi haqida Ronalduning fikri qanday?

YECHL guruh bosqichi haqida Ronalduning fikri qanday?

Baho:
+ | -

Klublar o‘rtasidagi eng ommabop liganing guruh bosqichiga qur’a tashlanganidan habaringiz bor. Ushbu qur’a bir nechta ajoyib to‘qnashuvlarni bizga taqdim etishi kutilmoqda. Guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etgan futbolchilar o‘z guruhlari haqida fikrlar bilan o‘rtoqlashishdi.

Virjil van Deyk

Bu musobaqada hamma narsa amalga oshishi mumkin. Har qanday jamoa bizni yengishni juda istaydi. Shu sababli, har bir uchrashuvda jang qilishga tayyor bo‘lishimiz lozim. Guruhumizda «Napoli»ni alohida qayd etish lozim. O‘tgan mavsumda ular bizga muammolar tug‘dirishga muvaffaq bo‘lishgan edi. Endi biz ularga qanday qarshilik ko‘rsatishni o‘rgandik. Endi biz ham ularga ko‘plab muammolar tug‘dirishga tayyormiz. Bizning maqsadimiz o‘zgarmadi. O‘ylashimcha, bu mavsumda ham YECHL da g‘olib chiqishga qurbimiz yetadi.

Serhio Ramos

Men guruhumizni oson demagan bo‘lar edim. Sababi, bizning guruhda PSJ bor. Mbappening o‘zi alohida mavzu ekanligini tan olish lozim. Men uning nimalarga qodir ekanligni juda yaxshi bilaman. O‘ylashimcha keyinchalik aynan u dunyoning eng kuchli futbolchisi nomini qo‘lga kiritadi. Biz uni ushlab qolishimiz va zararsizlantirishimiz lozim. «Real» qirollik klubi va biz bu nomga loyiq bo‘lishimiz zarur. Yozda jamoamizda katta o‘zgarishlar amalga oshdi va endilikda faqat yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borishni istaymiz.

Luis Suarez

Guruhimizdagi jamoalar bilan bir hil imkoniyatga egamiz deb o‘ylayman. Bundan tashqari, bu musobaqada «Yuventus», PSJ singari kuchli jamoalar bizni play-off bosqichida qarshi olishi mumkin. Asosiysi shundaki, biz o‘tgan mavsumda qilgan xatolarimizdan xulosa chiqarishimiz lozim. Aynan o‘sha xatolar tufayli biz g‘oliblikdan mahrum bo‘lgan edik. Biz mavsum oldidan chempionlik uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishga kelishib oldik. Shu o‘rinda «La Liga»da g‘oliblik uchun kurash olib borishimizni ham qo‘shib qo‘ymoqchi edim. «Barselona» chempionlikni munosib himoya qilishi lozim. Bu ikki musobaqada bir paytda g‘olib chiqish mushkul, biroq biz buni uddalashimizga ishonchim komil. Axir bizning tarkibimizda futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi to‘p suradi!

Ronaldu

ochig‘i, Ispaniyani juda sog‘inyapman. U yerda Messi bilan raqobatlashar edik va aynan shu raqobat bizni oldinga chorlar edi. Biz bir vaqtda faoliyatimizni yakunlamasak kerak. Sababi, men undan 2 yosh kattaman. Shunday bo‘lsada, jismoniy xolatim ajoyib xolatda. Men "Yuventus" safida yana 2 yil  balki 3 yil to‘p surishim mumkin. Meni yomon ko‘radiganlar yana uzoq muddat sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi. Qur’a borasida havotirim yo‘q. Biz o‘tgan mavsumda «Atletiko Madrid» bilan to‘qnash kelgan edik. Semionening jamoasiga qarshi uchrashuvlar doimmo og‘ir o‘tgan. Shunday bo‘lsada, biz bu to‘siqdan o‘tishimizga ishonchim komil.
Play-offda kim bilan o‘ynashni istayman? Hozircha bu haqida fikr bildirish g‘alatiroq tuyular. Axir, Oldinda bizni guruh bahslari kutib turibdi. Shunga qaramasdan, tan olib aytish lozim men «Real Madrid» bilan play-off da to‘qnash kelishni istagan bo‘lar edim. Menimcha ushbu bahs muxlislar va futbolchilarda juda katta qiziqish uyg‘otadi.

Manba: "A C"
Kiritildi: 05:17, 05.09.2019.
O'qildi: 8959 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик