Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Paxtakor» faxriylari «Qayrat»ning 65 yillik tadbirida ishtirok etishadi

«Paxtakor» faxriylari «Qayrat»ning 65 yillik tadbirida ishtirok etishadi

Baho:
+ | -

"Qayrat" futbol klubining 65 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga "Paxtakor" jamoasi faxriylari taklif etildi.

"Qayrat" klubining 65 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvda 7 sentyabr, shanba kuni Olma-Otadagi "Markaziy" stadionda "Qayrat" va "Paxtakor" jamoalari faxriylari maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Har ikki jamoaning Sobiq Ittifoq chempionatlaridagi o‘zaro to‘qnashuvlari keskin kurashlar ostida kechgan. Klublar o‘rtasidagi do‘stona va iliq munosabat sababli "Qayrat" futbol klubi o‘z tavallud kuniga "Paxtakor"ni taklif qildi.

"Paxtakor" jamoasi sharafini quyidagi faxriy futbolchilar himoya qilishadi:
No‘’mon Nurmatov, Farhod Magometov, Murod Aliyev, Aleksey Roshin, Mahmud Sobirov, Andrey Miklyayev, Rustam Do‘rmonov, Sergey Lebedev, Ilhom Sharipov, Sergey Kovshov, Shuhrat Rahmonqulov, Ravshan Rajabov, No‘’mon Hasanov, Furqat Esonboyev, Gennadiy Denisov, Sanjar Maqsudov.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:15, 05.09.2019.
O'qildi: 3392 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик