Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

UFC242. Habibnig faoliyatida Poryedan xavfliroq raqib bo‘lmagan. Barchasi Dastin Porye haqida

UFC242. Habibnig faoliyatida Poryedan xavfliroq raqib bo‘lmagan. Barchasi Dastin Porye haqida

Baho:
+ | -

Biz nima uchun Amerikalik jangchiga jiddiy qarash kerakligini aytib o‘tamiz.

Aftidan Dastinga hech kim ishonch bildirmayapti. Biroq haqiqatdan Porye juda xavfli. Qo‘shilamiz Habib favorit ammo Poryeni mensimaslik kerak emas.

Porye - chapaqay

Chap qo‘llarda ishlaydigan jangchilar har doim ustunlikka ega: ular butun umr o‘naqaylarga qarshi kurashadilar va bunga ko‘nikib qolishgan, ammo o‘naqaylar uchun bu har doim kam uchraydi.

Chapaqaylar o‘zlariga o‘xshagan jangchilar bilan kurashganda muammolarga duch kelishadi. Poryening so‘nggi ikki mag‘lubiyati Konor Makgregor va Maykl Jonsondan. Ikkalasi chapaqay.

Dastin jang paytida o‘z uslubini o‘zgartirib boradi, lekin asosan o‘ziga qulayrog‘ida ishlaydi.

Porening zarbalari xilma-xil

Jang paytida Dastin raqibning bosimi ostida yaxshi harakat qiladi. Uning qarshi hujumida uchta zarbasi bor:

• Apperkot; • tizza zarbasi; • pastki zarba oyoqqa(loukik).

Dastlabki ikkitasi kurashchilar uchun juda mos keladi. Uchinchisi qisman. Porye hech qachon davomli oyoq zarbalari bilan ishlamaydi, u yakka kuchli zarbalarga tayanib jang qiladi.

Dastinning afzalliklaridan biri bu hujum qilish uchun qulay vaziyatni belgilash qobiliyati. U ma’lum vaziyatlarda apperkot, tizza zarbalari va pastki zarbalari(loukik) bilan kutib olib, raqibining hujumini sekinlashtirishga erishadi .

Porye qo‘llari bilan kombinasiya tarzda uradi. Uning kuchli zarbalari bor va birinchi zarbasi raqibiga o‘tganidan so‘ng faqat oldinga boradi.

Xabib bundan hech qachon chekinmagan. Bu shunchaki uning faoliyatida bo‘lmagan, chunki Nurmagomedov faoliyatida hech qachon raundlarda yutqazmagan, shunchaki masalani tezda parterga olib borgan.

Porye g‘alaba qozonish uchun unga 25 daqiqa vaqt kerakligini aytdi. Aslida, uning 10 daqiqasi bor.

Dastin yengil vazn toifasi uchun kuchlilik qiladi. 85 kg og‘irlikda (vazn kunida cheklash bilan - 70,3 kg), Porye temir bilan mashq qilishni yaxshi ko‘radi. Shtanga, giryalar,gantellar - Dastinning jangga tayyorlanishining bir qismidir. Shuning uchun, jangning boshida amerikalik jismoniy jihatdan kuchli: zarbalar ham, kurashdan himoyalanish ham. Ammo bunday mushaklar bitta kamchilikga ega. Ular kislorod yetishmasligi tufayli tez toliqadi.

Habib 5-raundli janglarga ko‘proq moslashgan: uning tanasi bardoshli, chunki u raqibini 25 daqiqa jangda ushlab turishga odatlangan.

Porye faqat toliqmagan holida xavflidir. Statistikaga ko‘ra, Dastinning jangi o‘rtacha 8 daqiqa 55 soniya davom etadi. Maks Xolloueyga qarshi jangida Porye ilk bor beshinchi raundgacha jang qildi.

Poryening ikkinchi o‘xshash jangi Jastin Getjiga qarshi. Dastin dastlabki ikkita raundni oldi, ammo uchinchi raundda ishonchli tarzda yutqazdi. To‘rtinchi raundda Getji tetikroq bo‘lib chiqdi, ammo 30-soniyada kuchli zarba o‘tkazib yubordi. Nokaut charchagan Poryeni saqlab qoldi.

Porye - Habibning so‘nggi 5 yil ichidagi to‘liq tayyorgarlikka ega raqibi

Maykl Jonson, Barboza, Yakvinta, Xorcher, Dos Anyos, Konor bular hech qaysi biri Dastin kabi to‘liq uzoq vaqtli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan.

Biroq Dastinning barcha qurollari tez buzilishi mumkin

Xabib pragmatik tarzda kurashadi (faqat vaqti-vaqti bilan sekundantlarning ko‘rsatmalariga quloq solmaydi, ammo hozir uning burchagida otasi bo‘ladi - uning gapiga kirmasligi mumkin emas), u hech qachon jang rejasini buzmagan, shunchaki raqib rejasini amalga oshirishga imkon bermagan.

Habib - Porye jangi bugun Abu-Dabida UFC242da bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:16, 07.09.2019.
O'qildi: 12096 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.