Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Andrey Shipilov: «G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi»

Andrey Shipilov: «G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" - "Metallurg" o‘yinidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida bekobodliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etdi.

— Bizda FIFA kunlari munosabati bilan mazkur o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘ldi. Raqibimizning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilardik. Birinchi taymda to‘p nazoratida yutqazdik. “Lokomotiv” o‘yinni juda faol boshladi. Shunday bo‘lishini bilgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik.

Bunday ajoyib maydonda futbolchilar bor mahoratlarini namoyish etishlari lozim. Taym oxirida himoyadagi biroz e’tiborsizligimiz oqibatida gol o‘tkazib yubordik. Tanaffusda hech narsa boy berilmaganligini, vaziyatni o‘nglash mumkinligini shogirdlarimga tushuntirdim. Mezbonlarning ba’zi o‘rinlarda bo‘sh o‘ynayotganligini futbolchilarimizga uqtirdik.

Ikkinchi taymda tashabbusni to‘liq qo‘lga ola bildik deb o‘ylayman. Javob golini kiritdik. Yana bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Qayd etilgan natija o‘yinga mos bo‘ldi, deb ayta olaman. Uchrashuv oxiri xavfli qarama qarshi hujumlar ostida o‘tdi. Bizda jarima zarbasidan gol urish imkoniyati yuzaga keldi. Xuddi “Navbahor”ga qarshi o‘yindagidek vaziyatdan foydalanganimizda ortga uch ochko bilan qaytishimiz ham mumkin edi. Lekin natijadan xafa emasmiz. Boisi kuzda har bir ochkoning qimmati oltinga teng bo‘ladi. G‘alabaga teng durangda bor kuch va mahoratlarini namoyish etgan barcha futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman va keyingi o‘yinlarda ham bugungidek faol bo‘lishlarini tilab qolaman. “Lokomotiv”ga esa bo‘lg‘usi o‘yinlarda ham bugungidek chiroyli, hujumkor futbol namoyish etib, muxlislarini xursand etishini tilayman.

— Jamoalar birinchi davrada ham durang o‘ynashgandi. Oldingi va bugungi o‘yinlarni qiyoslab nimalar degan bo‘lardingiz?
—  Birinchi davradagi o‘yin kechagidek yodimda turibdi. Birinchi taymda “Lokomotiv” juda kuchli futbol namoyish etgandi. Ayniqsa, Jamshid Iskanderov, Husniddin G‘ofurovlar yaqqol ajralib turishgandi. Bekoboddagi o‘yinda ham ikkinchi taymda biz temiryo‘lchilarga bosim o‘tkaza olganmiz. Ammo o‘sha uchrashuvda tomonlar tavakkal  qilishga jur’at eta olishmagan. Bugun esa tamomila boshqacha futbolning shohidi bo‘ldik. “Lokomotiv”ning o‘yin uslubi, dastxati o‘zgargan. Biz esa ko‘rdingiz, qo‘l qovushtirib o‘tirmadik. Bugungi o‘yinimiz uchun muxlislar bizni koyishmasa kerak. Taktik jihatdan ham, jismoniy holat bo‘yicha ham mezbonlarga yutqazmadik. Murabbiylar shtabining mehnatlari o‘z mevasini berganligidan esa mamnunman.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 23:16, 15.09.2019.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик