Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

“Humo arena”da Toshkent Gran-prisi start olmoqda

“Humo arena”da Toshkent Gran-prisi start olmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham “Humo arena” muz saroyida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasi start oladi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqa 3 kun davom etib, unda sayyoramizning 70 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan 500 ga yaqin mohir dzyudochilar g‘alaba yo‘lida kurash olib borishadi.

Bugun yengil vazn toifalarida bahslar o‘tkaziladi. Unda erkaklar -60 kg, -66kg, ayollar -48 kg, -52 kg va -57 kg vazn toifalarida raqobatlashadilar. Reglamentga ko‘ra, bunday musobaqada mezbon davlat har bir vazn toifasida 4 nafardan ishtirokchisini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Bugun jamoamizning 19 nafar vakili tatamiga chiqadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:02, 20.09.2019.
O'qildi: 1984 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик