Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bugun mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali boshlandi

Bugun mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali boshlandi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 20-29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida tashkil qilinib, O‘zbekiston Shaxmat Federasiyasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

“MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” doirasida 3 turnir bo‘lib o‘tadi. Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) bo‘yicha uch guruhda va maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va O‘zbekistondan umumiy 200 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 12.000 yevro bo‘lgan festivalda, standart yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan o‘g‘il bolalarga 3000 yevro, qiz bolalarga esa 1500 yevro pul mukofoti beriladi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Musobaqada o‘yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalaniladi.
“MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI”da ochilish marosimi 21 sentyabr kuni 12:00 da, 29 sentyabr soat 16:00 da yopilish (taqdirlash) marosimi bo‘lib o‘tadi.

Federasiyalarni rivojlantirish dasturi bo‘yicha, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federasiyalariga o‘z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.

Ushbu turnir FIDE, O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi bilan RosAtom hamkorligidigai ilk turnir.

Manba: www.uzchess.uz
Kiritildi: 17:47, 21.09.2019.
O'qildi: 2962 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.