Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHL. «Real» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

YECHL. «Real» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining 2-turi doirasida «Real» o‘z uyida «Bryugge»ni qabul qilib, qiyinchilik bilan durangga erishdi.

Belgiyaliklar bosh murabbiyi o‘yindan oldin bergan intervyusida "Madrid"ga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bilishini ta’kidlab o‘tdi. Haqiqatan ham belgiyaliklar Zidan jamoasiga qarshi dadil va ishonchli o‘ynay boshlashdi. Ular imkon qadar to‘pni qadrlashdi va "Real"ning zaif hududlaridan hujum tashkil qilib, "Qirollik klubi"ni ancha qiyin ahvolga solib qo‘yishdi.

Bahsning 9-daqiqasida mehmonlar chap qanotdan tezkor hujum takshil qilishdi va jarima maydonidagi Bonaventureni to‘p bilan ta’minlashdi. To‘p esa hujumchining oyog‘iga tegib ketdiyu, sekingina yumalab darvozaga kirib ketdi. Kurtua yonidan o‘tib ketayotgan to‘pni tomosha qilib qoldi. VAR ikkita ofsaydni tekshirdi va golni inobatga oldi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Modrich qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Dennis Bonaventure Lukadan to‘pni olib qo‘ydi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Hujumchi Kurtuani dog‘da qoldirib, dublni rasmiylashtiridi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida Zidan Kurtuaning o‘rniga Areolani tushirib, to‘g‘ri qaror qabul qildi. Aks holda Bonaventure xet-trikka erishishi mumkin edi.

Bahsning 55-daqiqasida Ramos bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi. O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida "Bryugge" sardori Ryud Vormer ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. "Real" esa o‘sha zahoti hisobni tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Shu tariqa, "Real" ikkinchi o‘yinga kelib dastlabki ochkoni qo‘lga kiritdi. Belgiyaliklarning ochkolari 2taga yetdi.

Yevropa chempionlar ligasi,
REAL MADRID Ispaniya – BRYUGGE Belgiya - 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 9 Bonaventure, 0:2 – 39 Bonaventure, 1:2 – 55 Ramos, 2:2 – 85 Kazemiro.
Real Madrid – Kurtua (Areolya, 46), Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho (Marselo, 46), Modrich, Kazemiro, Kroos, Vaskes (Vinisius Junior, 67), Benzema, Azar.
Bryugge – Minyole, Mata, Mexele, Deli, Rits, Diatta, Sobol, Vormer, Vanaken, Bonaventure (Openda, 71; Kols, 87), Tau (Sxreyvers, 90).
Ogohlantirishlar: Minyole (69), Openda (77), Vormer (78), Azar (90).
Chetlatish: Vormer (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:51, 01.10.2019.
O'qildi: 6163 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик