Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

«Liverpul»ning yangi yetakchisi kim? Salah yoki Mane?

«Liverpul»ning yangi yetakchisi kim? Salah yoki Mane?

Baho:
+ | -

Aynidamda «Liverpul» jamoasida to‘psurayotgan Muhammad Salah va Sadio Maneni solishtirish urfga kirib bormoqda. Ho‘sh ulardan qaybiri klub uchun foydaliroq? Biz ularning imkoniyatlari va kuchlitomonlarini e’tiboringizga havola etamiz. Bugungi qismda va’da qilinganidek misrlik futbolchining kuchlitomonlari e’tirof etiladi.Xulosa esa, siz azizlardan!

E’tibor markazida

Muhammad Salah ayni damda «Liverpul»ning yeng muhim futbolchilaridan biri. Uning bunday ustunligi istalgan raqibga qarshi qo‘l kelishi aniq. Raqib jamoa o‘yin davomida bor e’tiborini aynan Salahni zararsizlantirishga qaratishga majbur. Bu esa, o‘yin davomida «Liverpul»ning boshqa futbolchilariga qo‘shimcha zonalarning ochilishini va ularning erkinroq harakatlanishlarini ta’minlaydi. «Liverpul» futbolchidan vinger, markaziy hujumchi va xatto yolg‘on toqqizlik pozitsiyasida foydalanishi mumkin! Salahning unversal hujumchi ekanligi esa kamida ikki nafar raqib futbolchisining u bilan ovvora bo‘lishiga majbur qiladi. Aynan shu sabablar tufayli Klopp uchun Salahning maydonda bo‘lishi muximroq. Mane borasida bunday fikr bildirish mushkul. Maneni so‘nggi paytlarda xatto Origi ortiqcha qiyinchiliksiz almashtirmoqda.

 

Salah ko‘proq golli vaziyat yaratadi

 

Xar uchrashuvda o‘rtacha 1,8 bor fint ishlatadigan Salah Manedan ko‘ra ko‘proq vaziyat yartibgina qolmay, o‘yin davomida o‘rtacha xisobda ko‘proq zarba yo‘llaydi. O‘tgan mavsumda «Liverpul» klubining kiritgan gollarinig deyarli 70 foizi aynan Salah boshlagan hujumdan so‘ng darvozadan joy olgan. Yeng qizig‘i shundaki, utgan mavsumda Mane kiritgan gollarning deyarli barchasida Salah ishtirok etgan va aynan misrlik futbolchining o‘zatmasidan so‘ng Mane raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Mane utgan mavsumda gol boshlovchi hujumlarni boshlash borasida deyarli 2,5 barobar kamroq foyda keltirgan. Bundan tashqari mane to‘pni o‘zida juda yomon ushlab turadi. Misrlik futbolchi esa, undan farqli o‘laroq bu borada klubda yetakchi.

 

Gol sezish qobiliyati


Manedan farqli o‘laroq Salah istalgan daqiqada bir o‘zi vaziyat yarata olish imkoniga ega. Uning chaqqon harakatlari ko‘pincha «Liverpul»  uchun qo‘l keladi. Ikkinchi zarba, rekashet singari yengil toplar uchun kurashda Salah o‘z tezligidan  unumli foydalanadi. Uning gol kiritishi uchun pozision hujum shart emas. Vaziyatni oldindan baholash borasidagi ustunligi evaziga Salah doimmo kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishni uddalay oladi. Manedan farqli o‘laroq Salah yaratilgan vaziyatlardan ortiqcha qiyinchiliksiz foydalanadi. To‘g‘ri, Mane ba’zan juda chiroyli gollar kiritadi biroq, oddiy vaziyatlarda darvozaga yo‘l topa olmaydi. Salah esa, chinakam to‘purarlar singari imkoniyat bo‘lishi bilan darvozaga oddiy va samarali zarba yo‘llashni hush ko‘radi.

Bardavom o‘yin

Muhammad Salah o‘z o‘yin darajasidan past futbol namoyish etmaydi. «Liverpul»  mag‘lubiyatga uchragan o‘yinlarda ham misrlik futbolchi statistic ko‘rsatgichlar bo‘yicha jamoadoshlaridan oldinlab ketadi. Mane esa, ba’zan ajoyib uchrashuvlar o‘tkaza, keying o‘yinda maydonda umuman ko‘rinmay qolishi bir necha bor kuzatilgan. So‘nggi 2 yil davomida Salah golli harakatlar borasida APLda yaqqol peshqadam. Uning foydali harakatlari soni Maneniki bilan solishtirilganda, katta farq ko‘zga tashlanib qoladi. Salahning «Chelsi»dagi omadsiz mavsumlari bilan hisoblanganda gol kiritishi uchun o‘rtacha 94 daqiqa talab etiladi. Bu APL tarixidagi eng yuqori ko‘satgich degani! Salahdan keying o‘rinlarni Tiyeri Anri va Aguero egallab turganini inobatga olsak, Salah bu borada Manedan bir necha yilga ilgarilab ketgan desak, adashmagan bo‘lamiz.

Salah «Liverpul» ni top klubga aylantirdi



Mane «Liverpul»ga Salahdan bir mavsum avval kelgan bo‘lsada, aynan Salahning transferidan so‘ng klub yangi darajaga ko‘tarildi va  xatto ilk mavsumning o‘zidayoq YECHL finalida o‘ynashga ham muvaffaq bo‘ldi.

«Real Madrid»ning Ronaldusi yoki «Barselona»ning Messisi singari Salah ham «Liverpul»ning asosiy futbolchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. Bundan tashqari, butun musulmon davlatlar uchun Salah eng yoqimtoy futbolchi sanaladi. Aynan uning o‘yinlari sababli «Liverpul»  dunyoning barcha chekkasidan yangi muxlislar ortirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan mavsumda jarohatlar sababli 22 ta gol bilan cheklangan Salahdan Mane mavsumni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsada gollar soni bo‘yicha o‘zib keta olmadi. Mane o‘zining eng yaxshi mavsumida ham jarohati tufayli o‘ta yomon mavsum o‘tkazgan Salahdan ko‘ra samarali bo‘la olmagani ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:34, 07.10.2019.
O'qildi: 6018 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.