"Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida Ukrainaga qarshi o‘yinda faoliyatidagi 700-golni urdi.
Portugaliyalik o‘yinchining qallig‘i Jorjina Rodriges ushbu munosabat bilan Krishtianuni o‘ziga xos uslubda tabrikladi. U Krishtianuni taniqli kinoqahramon Jeyms Bond qiyofasida tasvirlab, unda futbolchining gollari statistikasini aks ettirdi.