Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Dinamo» - «Paxtakor»: 48-uchrashuv

«Dinamo» - «Paxtakor»: 48-uchrashuv

Baho:
+ | -

Superliga 22-turi doirasida “Dinamo” jamoasi Samarqandda amaldagi chempion Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar sabab quyi pog‘onaga tushib qolgan “Dinamo”ga g‘alaba suv va havodek zarur.

Superliga. 22-tur.
19 oktyabr (shanba)
«DINAMO» - «PAXTAKOR»
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov.
Samarqand, “Dinamo” stadioni.
O‘yin boshlanish vaqti: 16:30
TV-translyasiya: «Cport» TV

Hozirgi holat

Raqiblarimiz “Paxtakor” jamoasi o‘tgan turda “So‘g‘diyona” klubini yirik hisobda mag‘lub etib, rasman chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, “Dinamo” Namanganda “Navbahor”ga qarshi maydonga tushib, belgilangan penalti evaziga minimal hisobdagi mag‘lubiyat bilan safardan qaytdi. Natijada “Dinamo” ayni damga kelib, turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasiga tushib qoldi. Bu safargi o‘yinda Tachmurod Agamurodov shogirdlariga uch ochko juda zarur.

O‘zaro o‘yinlar

Oliy Liga tarixida “Dinamo” va “Paxtakor” jamoalari 47 marta uchrashishgan. Bahslarning 36 tasida “Paxtakor”, 6 tasida esa “Dinamo” g‘alaba qozongan, 5 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. “Dinamo” va “Paxtakor” o‘rtasidagi Samarqanddagi so‘nggi o‘yin 2017 yilda o‘tib, o‘shanda 0:0 hisobi qayd etilgan. Toshkentdagi 1-davrada o‘tkazilgan o‘yinda esa 2:0 hisobida “Paxtakor” g‘alaba qozongan.

Kimlar maydonga tushmaydi?

“Paxtakor”ga qarshi “Dinamo” tarkibida yo‘qotishlar mavjud. Namangandagi so‘nggi o‘yinda bosh hakam Sherzod Qosimov hujumchimiz Qadamboy Nurmetovni chetlatgani, Jasur Azimovga esa mavsumdagi 4-sariq kartochkani ko‘rsatgani bois, ushbu ikki futbolchi chempionga qarshi maydonga tusha olmaydi. Shota Arveladze jamoasida esa yo‘qotishlar yo‘q. Terma jamoa futbolchilari “Paxtakor” safiga qaytishgan.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:15, 19.10.2019.
O'qildi: 2894 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик