Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Bahodir Ahmedov: «Tojikiston bilan uchrashuvda ham g‘alaba qozonishga urinamiz»

Bahodir Ahmedov: «Tojikiston bilan uchrashuvda ham g‘alaba qozonishga urinamiz»

Baho:
+ | -

Eronda davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nepal bilan to‘qnash keldi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada futzalchilarimiz qit’a chempionati final bosqichi yo‘llanmasini naqd qilishdi.

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

"Nepal terma jamoasi bugun ancha yaxshi o‘yin namoyish etdi. Nepalliklar bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishga urindi. Yakunda qayd etilgan natijadan xursandman. Ammo butun o‘yin davomida shogirdlarim harakatlaridan to‘la mamnun bo‘ldim, deya olmayman. Zero juda ko‘plab vaziyatlarda kichik xatolarga yo‘l qo‘ydik, ko‘plab qulay imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Biroq asosiysi – mazkur uchrashuvda ham g‘alaba qozona oldik va natijada Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l oldik.  

Bugun bir qator yosh futzalchilarimizga o‘yin imkoniyatini taqdim etdim. Ular mana shunday uchrashuvlarda o‘ynab, sekin-asta tajriba to‘plashi lozim.  

Endi oldinda yana bir muhim o‘yin turibdi. Biz har bir uchrashuvda faqat g‘alaba qozonishga urinamiz. Tojikiston bilan bo‘ladigan uchrashuvda ham faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz", — dedi tajribali mutaxassis.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:20, 25.10.2019.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.