Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Peleni hayratda qoldirgan futbolchilar

Peleni hayratda qoldirgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Futbol olamining qiroli deb ta’rif beiladigan afsonaviy Pele o‘z faoliyati davomida ko‘plab super futbolchilar bilan to‘p surgan va yangi asrning mega yulduzlarining o‘yinlariga guvog bo‘lgan inson ekanligi hech kimga sir emas. Xo‘sh, Pele tomonidan e’tirof etilish baxtiga muyassar bo‘lgan futbolchilar kimlar? Bugun ushbu savolga Pele tomonidan berilgan intervyular orqali javob olishga urunib ko‘ramiz.

Yohan Kroyf

Futbol olamida ham futbolchilik, ham murabbiylik sohasida chinakam inqilob qilgan inson haqida faqat iliq so‘zlarni aytishim mumkin. Kroyf maydonda qanchalar chaqqon bo‘lsa, murabbiylik sohasida shu qadar epchillik namoyish etdi va o‘z nomini tarixga oltin harflar bilan bitib qo‘ydi. Afsuski u oramizda yo‘q. Endilikda u kabi futbolchilar paydo bo‘lishi juda mushkul, sababi, Kroyf singari iqtidor egalari 100 yilda bir marotaba tug‘iladi!

Bobbi Mur

Angiliya terma jamoasi o‘z tarixidagi yagona mundial g‘olibligini aynan shu futbolchi sababli qo‘lga kiritganini ko‘pchilik unutib yuborgan bo‘lsada, men untuganim yo‘q. Biz u bilan bir necha bor suhbatlashganmiz. Bobbi nafaqat maydonda balki undan tashqarida ham juda tartibli va ma’suliyatli inson ekanligini darrov payqaganman. Mur ajoyib tehnika yoki gollari bilan maqtana olmasada, uning himoyadagi ichonchli o‘yini istalgan jamoa uchun qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. U chinakam yetakchi. Ochig‘I zamonaviy futbolda u kabi maydonda mehnat qiladigan futbolchini toppish juda mushkul

Frans Bekkenbauer

Germaniya terma jamoasida doimmo kuchli himoyachilar bo‘lgan biroq, ularning hech biri o‘yin darajasi borasida Fransga teng kela olmaydi. Darhaqiqat, u murabbiy va futbolchi sifatida Mundialda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan kamsonli insonlardan biri. Bilasizmi, zamonlar o‘zgargani bilan futbol yanada yengilashib ketdi. Hozirda himoyachilar to‘p uchun kurashda o‘zlarini ehtiyot qilishga urunishadi. Avvalari esa, himoyachi bo‘lish insondan juda katta jismoniy kuch talab etar va har bir uchrashuv himoyachi uchun so‘nggisi bo‘lishi hech gap emas edi. Jarohatlarga boy davrda ham o‘ta ishonchli o‘yin ko‘rsata olgan Frans Bekkenbauerga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.

Diyego Maradona

Nima uchun Maradona meni o‘zi bilan solishtirishga urunishini tushuna olayman. U deyarli hech qachon bosh bilan gol kiritmagan, faqat chap oyoqdagina zarba bergan bo‘lsada, u buyuk futbolchi va futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri bo‘lib qolaveradi. U o‘zini men bilan solishtirganda doimmo kulib qo‘yaman. O‘ylashimcha bunday solishtirishdan hech qanday naf yo‘q. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladigan sport turi va har bir muxlis o‘z kumiri borasida shaxsiy fikrga ega. Ularning shaxsiy fikriga esa, biz ta’sir o‘tkaza olmaymiz.

Zayniddin Zidan

Agarda futbolchining shaxsiy imkoniyatlari haqida so‘z borsa, hech kim Zidan bilan tenglasha olmaydi. U o‘zining birgina noodatiy finti orqali futbol olamiga yangi nom kirib kelayotganini barchaga isbotlab qo‘ygan edi. Keyinchalik, o‘z iqtidorini eng yuqori cho‘qqiga olib chiqqach, o‘sha daqiqadayoq futboldan ketdi. Zizu maydon ichida tengsiz bo‘lsada, o‘ta kamtarin inson ekanligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchi edim. Shaxsan men aynan Zidanni barcha zamonlarning eng kuchli futbolchilaridan biri sifatida bilaman va qadrlayman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:44, 26.10.2019.
O'qildi: 6189 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.