Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Futboldagi irqchilik

Futboldagi irqchilik

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda futboldagi iqchilikka qarshi juda katta mashtabdagi ishlar olib borilayotgan bo‘lsada, bu muammo o‘z yechimini to‘liq topganicha yo‘q. To‘g‘ri, bunday nohush vaziyatlar ancha kamaygan, biroq irqchilik futbolni tark etdi deyishga juda erta. Bugun so‘nggi yillarda irqchilik sababli kelib chiqqan janjallarga to‘xtalib o‘tamiz.

Jon Terri va Enton Ferdinand

Londonning «Chelsi» jamoasi sardori Jon Terri 2011-yilda irqchilikda ayblangan va ish sud oldida javob berishga qadar yetib borgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, kerak. «QPR» jamoasi futbolchisi Enton Ferdinand bilan maydonda janjallashib ketgan Terri uning qora tanli ekanligi va uning joyi aslida boshqa yerdaligini aytadi. Baxtga qarshi ushbu janjal uchrashuv operatorlarining e’tibor markazida turgan edi. Uchrashuv yakunlashini bilan Jon butun futbol olamining nafratiga uchradi desak, adashmagan bo‘lamiz. Futbolchi davlat oldida aybsiz ekanligini isbotlagan bo‘lsada, Angliya futboli rahbarlari uni 300 ming yero jarimaga tortadi. Bundan tashqari 4 o‘yindan chetladi va terma jamoa sardorligidan mahrum etadi.

Luis Suarez va Patris Evra

«Liverpul» jamoasining sobiq hujumchisi Luis Suarez APL tarixidan nafaqat o‘zining gollari, balki irqchiligi bilan ham mustahkam o‘rin olgan.

«Manchester Yunayted» himoyachisi Patris Evra «Liverpul»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, bosh hakamga Suarezning unga nisbatan irqchilik qilgani haqida xabar bergan bo‘lsada, hakamlar bu vaziyatga ortiqcha e’tibor qaratishmaydi. Shunday bo‘lsada, uchrashuvdan so‘ng, vaziyatni o‘rganib chiqqan Angliya futbol Assosiatsiyasi futbolchiga jiddiy jazo tayin etishini ma’lum qiladi. Gap shundaki, o‘sha uchrashuvda Luis Suarezning Patris Evraning manziliga aytgan so‘zlari yozilgan videorolik butun futbol olamini larzaga solib yuborgan edi. Shunday bo‘lsada, jazo u qadar og‘ir bo‘lmadi. Luis 40 ming funt sterling jarima to‘ladi va «Liverpul»ning 8 ta uchrashuvidan chetlatildi.

Karlo Tavvekio

Futbol olamida nafaqat futbolchilar, balki futbol rahbarlari ham irqchilikda ayblanishgan. Shunday xolatlarning eng achinarlisi Italiyada bo‘lib o‘tgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Italiya futboli prezidenti Karlo Tavvekio FIFA tomonidan irqchilikda ayblanib yarim yilga futboldan chetlatilgani, bundan bir necha yil avval katta shov-shuv ko‘targan edi. Prezidentlikka saylov chog‘idagi nutqlaridan birida afrikaliklar va banan so‘zlarini bir necha bor ishlatgan Tavvekio 2014-yilning kuzida FIFA tomonidan 6 oyga futboldan chetlatilganiga qaramay, hozirda irqchilik bilan muammolarning  «A seriya» o‘yinlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Afsuski, Tavvekioga qo‘llanilgan jazo ushbu yurt futbolidagi irqchilikni bartaraf eta olmadi.

Roberto Karlos

Futbol olamidagi tirik afsona sanalmush Roberto Karlos ham irqchilik muammosidan aziyat chekkani achinarli xolat.

2011-yilda Rossiyaning «Anji» jamoasi safiga kelib qo‘shilgan himoyachi RPLning birinchi turida «Zenit» klubi muxlislari tomonidan haqoratlar eshitgan bo‘lsa, chempionatning 15-turiga kelib yanada noqulay ahvolda qoladi. Mahalliy muxlislardan biri afsovaniy futbolchi tomonga banan mevasini uloqtiradi. Shundoqqina oyoqlari ostiga kelib tushgan mevani ko‘rgan Karlos o‘sha zahotiyoq o‘yinni davom ettirishdan bosh tortadi va maydonni tark etadi. To‘g‘ri, keyinchalik irqchilik qilgan muxlis aniqlanadi va unga tegishli jazo tayinlanadi, biroq bo‘lib o‘tgan voqeya Rossiya futbolining xalqaro imidjiga sezilarli zarba berib bo‘lgan edi.

Dani Alves

Roberto Karlos bilan yuz bergan hodisa Dani Alves bilan 2014-yilda «La Liga» bahslarida takrorlangan edi. Burchak to‘pini uzatib berish uchun bayroqcha oldiga kelgan Alvesga «Vilyareal» muxlislaridan biri banan uloqtiradi. Eng qizig‘I shundaki, braziliyalik futbolchi ushbu vaziyatga o‘zgacha javob qaytaradi va o‘zi tomonga uloqtirilgan mevani barchaning ko‘z o‘ngida yeb o‘yinni hech narsa bo‘lmagandek davom ettiradi.

Uchrashuvdan so‘ng, intervyu bergan Dani : «Men 11 yildan beri Ispaniyadaman! 11 yil! Bunday qoloq insonlarning ustidan kulish kerak. U uloqtirgan banan menga kuch bag‘ishladi va biz o‘yinda g‘olib chiqdik.»,- degan edi.

Alvezning so‘zlaridan so‘ng, ko‘plab sportchilar (Aguero, Suarez, Koutino, Klichko, David Luiz, Mussa Dembele, Halk, Balotelli..) banan iste’mol qilayotgan suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylash orqali Alvesni qo‘llab-quvvatlashdi.

Emmanuel Frimpong

Rossiyaning «Ufa» klubining sobiq yarim himoyachisi o‘z vaqtida irqchilikdan aziyat chekkanidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, futbolchi Moskvaning «Spartak» klubiga qarshi mehmondagi uchrashuvda muxlislar tomonidan tinimsiz irqchilika chiday olmay, jaxl ustida ularga xunuk ishorani ko‘rsatadi va qizil kartochka olib maydondan chetlatiladi. Futbolchi o‘sha uchrashuvdan so‘ng, «Ufa» rasmiy saytiga quyidagicha intervyu bergan edi: «Ular meni va oila a’zolarimni qora tanli maymunlar deb atashdi», - degan edi.

Darhaqiqat, shunday xolat, Rossiya chempionatida to‘p surgan Halk va Kristafer Samba bilan ham yuz bergani achinarli.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:17, 29.10.2019.
O'qildi: 4820 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.