Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grandlarning eng katta mag‘lubiyatlari

Grandlarning eng katta mag‘lubiyatlari

Baho:
+ | -

Hozirda o‘zi ishtirok etadigan musobaqalarning barchasida chempionlik uchun kurash olib boradigan klublarning yirik hisobdagi mag‘lubiyatlari doimmo katta sensasiya sifatida qabul qilinishiga ko‘nikib qolganimzga ancha bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Xo‘sh hozirgi yetakchi klublarning eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatlari qachon va kimga qarshi uchrashuvlarda qayd etilgan? Bugun ushbu savolga javob topishga urunib ko‘ramiz.

«Real Madrid»

Hozirda bunga ishonish qiyin bo‘lsada, «qirollik klubi» 1929/30- yilgi mavsumlarda «Espaniol» jamoasiga 1 : 8 hisobda mag‘lubiyatga uchragan. Bundan tashqari, yangi asrda (2010/11-yilgi mavsumda) ushbu klub o‘zining azaliy raqibi sanaladigan «Barselona»dan javobsiz besh bor to‘p o‘tkaazib yuborishga majbur bo‘lgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan. Joze Mourino boshchiligidagi Madrid klubi o‘sha uchrashuvda qanchalar urunmasin, Katoloniya klubi oldida ojiz qolgan edi. 21-asrda Gvardiolaning «Barselona»sidan boshqa jamoa «Real Madrid»ni bunday noqulay ahvolda qoldirishni uddalay olmagani e’tiborga molik.

«Barselona»

Ushbu klub dunyodagi eng ko‘p muxlisga ega jamoalardan biri sanalsada, so‘nggi yillarda «Roma», «Liverpul» singari jamoalardan 3 yoki 4 ta javobsiz to‘p o‘tkazib yuborishi odatiy xolatga aylanib borayotgani achinarli xolat. «Barselona»ning eng yirik hisobdagii mag‘lubiyatiga ancha yillar bo‘lganiga qaramay, hisob esda qolarli darajada yirik bo‘lgan. 1930/31-yilgi mavsumda o‘z uyida «Atletiko Bilbao» jamoasidan 12 ta to‘p o‘tkazib yuborgan «Barsa» atigi bir dona gol bilan javob berishgagina o‘zlarida kuch topishgan. 21-asrga kelib jamoa o‘z darjasini yangi bosiqchga olib chiqqan bo‘lsada, bir necha bor 4 : 0 hisobidagi mag‘lubiyatlarni qabul qilib olishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, 2012/13-yilgi mavsumda ushbu klub yangi asrdagi eng sharmandali mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘lgan. YECHL doirasida «Bavariya»ga qarshi o‘tgan yarim final o‘yinlarida klub umumiy hisobda 7 bor darvozasidan gol olib chiqishga majbur bo‘lganiii bilan emas, nemis klubi oldida ojiz qolgani bilan barchaning yodida qolgan. Myunhenda bo‘lgan o‘yinda 4 ta to‘p o‘tkazib yuborgan klub o‘z uyida ham 3 bor gol o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan. Aynan o‘sha ikki o‘yinda «Barselona» juda zaif ko‘ringan, jamoaning yana qayta oyoqqa turishiga hech kim ishonmagan edi.

«Liverpul»

Angilyaning eng nomdor klublaridan biri sanaladigan «Liverpul» o‘ta alamli mag‘lubiyatlarni boshdan kechirishga majbur bo‘lgan. To‘g‘ri, klub 20-asrda bir necha bor yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, eng alamli yengilishlar 21-asrga kelibgina sodir bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. 2014/2015- yilgi mavsumda Brendan Rojers boshchiligidagi «qizillar» APLning autsayderlari qatoridagi «Stok Siti»dan 6:1 hisobida mag‘lubiyatni qabul qilib olishgan uchrashuv Stiven Jerrardning xayrlashuv o‘yiniga to‘g‘ri kelib qolgani achinarli. O‘sha oqshomda «Liverpul» tomonidan kiritilgan yagona golga mualliflik qilgan Stiven ham jamoasining yangi asrdagi eng sharmandali mag‘lubiyatini qutqarib qola olmagan edi. Shunindek, ushbu klub oradan 2 yil o‘tib Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti»dan javobsiz beshta to‘p o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishganini ham unutmaslik lozim. Yurgen Kloppning faoliyati davomidagi eng yirik mmag‘lubiyatlardan biri sanaladigan o‘sha uchrashuvdan so‘ng, nemis mutaxassisi tegishli xulosalarni chiqardi va o‘tgan mavsumda YCHLda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, ushbu mavsumda APL g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turgani e’tiborga molik.

«Manchester Yunayted»

«Qizil iblislar» o‘zining ulkan tarixi mobaynida atigi 3 bor o‘ta yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan va ularning barchasi 7 : 0 hisobidagi o‘z yakuniga yetganiga ishonish qiyin. «Manchester Yunayted» 1925/26-yilda «Blekbern» jamoasidan javobsiz 7 ta to‘p olib chiqqan bo‘lsa, oradan 4 yil o‘tib «Aston Villa»dan ham huddi shunday hisobda mag‘lub bo‘lgan «Manchester Yunayted» o‘sha mavsum so‘nggida Chempionshipga yo‘l olishga majbur bo‘lgan va o‘zi uchun noodatiy dvizionda (Vulvurhempton) ham bir 7 : 0 hisobda mag‘lub bo‘lgani kishini hayratlantirmay qolmaydi. Shunday bo‘lsada, klub muxlislarining fikricha jamoa tarixidagi eng alamli mag‘lubiyat 21-asrda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda amalga oshgan. 2011/12-yilgi mavsumda klub o‘z uyida «Manchester Siti»dan 1 : 6 hisobida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olishga majbur bo‘lgan edi.

«Yuventus»

Hozirda ushbu klub Italiyada o‘z yakkahonligini o‘rnatgan bo‘lsada, tarix bu jamoaning bir necha bor yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganiga guvoh bo‘lgan. Uzoq o‘tmishda (1912-yil) «Torino» jamoasidan javobsiz 8 ta to‘p o‘tkazib yuborgan «Keksa seniora» yangi asrda qolganlarga nisbatan ancha ishonchliroq ko‘ringan. Yangi asrda ushbu klub bir bor «Roma»ga (2004-yilda) 4 : 0 hisobida yengilgan bo‘lsa, 2000-yilda «Selta»dan ham shunday hisobda mag‘lub bo‘lishdan boshqa chora topa olmagan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:42, 31.10.2019.
O'qildi: 12802 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.