Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Futboldagi eng mashxur almashinuvlar

Futboldagi eng mashxur almashinuvlar

Baho:
+ | -

«Real Madrid» jamoasining chinakam afsonasiga aylangan Roberto Karlosning Madrid jamoasiga qanday kelib qolgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. 1996-yilda «Inter» «Real Madrid» hujumchisi Ivan Samaranoni qo‘lga kiritish uchun «qirollik klubi» uchun Karlos va bir million yevro taklif qilgan edi. Eng qizig‘I shundaki, Samarano «Inter»da o‘zining noodatiy raqimidan boshqa hech narsani namoyish eta olmagan bo‘lsa, Roberto Karlos aksincha, klubning afsonaviy futbolchilaridan biriga aylandi. Xo‘sh futbol tarixida shunga o‘xshash yana qanday almashinuvlar amalga oshgan? Bugun ushbu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz.

Klarens Zeydorf va Franchesko Koko

Italiyaning «Inter» klubi 2002-yilda o‘z tarixidagi eng ulkan xatolardan biriga yo‘l qo‘ygan desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘sha davrlarda dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sanalgan Klarens Zeydorfni «Milan» klubining qanot himoyachisi Franchesko Koko bilan ayrboshlash ortidan «ko‘k-qoralar» azaliy raqiblarini yanda kuchli jamoa bo‘lishlarini ta’minlab berishdi. Gollandiyalik futbolchi «Milan» jamoasi safida klublar miqiyosidagi barcha musobaqalarda g‘alaba qozonibgina qolmay, jamoaning asosiy yulduzlaridan biriga aylandi. Franchesko Koko esa, «Inter»dagi butun faoliyatini deyarli turli klublarda ijara asosida to‘p surish bilan yakunladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Eng qizig‘i shundaki, «Milan» Zeydorfni qo‘lga kiritish uchun bir yevro ham sarflamagan.

Maykl Ouen va Antonio Nunyes

2001-yilda «oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilgan ingiliz hujumchisini soatlab tariflash mumkin. «Liverpul» klubining barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchilaridan birini «Real Madrid» muxlislariga ham yaxshi bo‘lmagan Antonio Nunyes bilan ayrboshlaganidan xabari bo‘lmas, ajab emas. To‘g‘ri «qaymoqranglilar» «Liverpul» hujumchisi uchun 8 million funt sterling qo‘shib berishgan, biroq bu summa Antonio Nunyes bo‘lmaganida bir necha barobar ko‘proq ko‘rinish olishi mumkin edi. «Liverpul» mutasaddilari Nunyesdan umidlari katta bo‘lsada, afsonaviy «Enfild» uni qabul qilishni istmadi. Ouven Madriddagi ilk mavsumida super zahira futbolchisiga aylanib qolgan bo‘lishiga qaramay 15 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi, biroq keying mavsumdayoq yana ortga qaytdi. Futbolchi o‘z qarorini ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istagani bilan izohladi. Shunga qaramay, «Liverpul»dan farqli o‘laroq «Real Madrid» Ouen transferidan hech narsa yutkazmadi.

Eshli Koul va Villiam Gallas

«Arsenal» jamoasida to‘xtatib bo‘lmas futbolchi darajasiga ko‘tarilgan Eshli Koulni qo‘lga kiritish uchun «Chelsi» bir necha bor urungan bo‘lsada, faqat 2006-yilga kelibgina o‘z maqsadiga yetishga muvaffaq bo‘ldi. Eng qizig‘I shundaki, 2005-yilda «Arsenal» o‘z himoyachisini 30 million funt sterlingga sotishni istamagan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib «Chelsi»ning fransiyalik himoyachisi Villiam Galas bilan almashtirishga rozi bo‘ladi. To‘g‘ri, «Chelsi» Eshli Koulni tekinga qo‘lga kiritmadi (“Aristokratlar qanot himoyachisini qo‘lga kiritish uchun Gallas va 5 million funtdan voz kechishgan) biroq, Koulning klub ravnaqi uchun qo‘shgan xissasi oldida 5 million arzimagan puldek ko‘rinishi aniq. Gallas «Arsenal»da 10-raqamda to‘p surgani va jamoadoshlari bilan janjallashgani bilangina muxlislar yodida qoldi xolos. Koul esa, undan farqli o‘laroq, «Chelsi» bilan birgalikda klublar miqiyosidagi barcha sovrinni qo‘lga kiritdi va uzoq muddat davomida dunyoning eng kuchli qanot himoyachilaridan biriga aylandi.

Zlatan Ibrahimovich va Eto'o

Pep Gvardiola qo‘l ostida yengilmas jamoaga aylangan «Barselona»ni yana qanday yo‘sinda kuchayitirish mumkinligi haqida bosh qotirgan klub rahbarlari o‘sha davrning eng kuchli futbolchilaridan biri sanalgan Zlatan Ibrahimovichning transferiga qo‘l urishdi. Eng qizig‘I shundaki, klub futbolchini qo‘lga kiritish uchun o‘tgan klub o‘yin falsafasiga mos tushuvchi va o‘tgan mavsumda 30 ta gol kiritgan Samuel Eta’odan voz kechdi. 2009-yilda so‘nggi yillardagi eng ko‘zga ko‘ringan futbolchi almashinuvi chog‘ida «Barselona» «Inter» jamoasiga Ibra uchun o‘z hujumchisi va 40 million yevrodan voz kechdi. Afsuski, Ibra kutilganidek fantastik o‘yin namoyish etmadi. Tinimsiz janjallar, murabbiy bilan tortishuvlar futbolchini Katoloniyada bir mavsumdan ortiqroq ushlab qola olmadi. Samuel Eta’o esa, «Inter» safida o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonimiz Joze qo‘l ostida qanot hujumchisi vazifasini bajargan bo‘lsada, o‘zining sermahsuligini namoyish etishda davom etdi. 2010-yilda «Inter» bilan trebl qayd etgan qahramonimiz nimalarga qodir ekanligini yana bir bor barchaga namoyish etib qo‘ydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:54, 31.10.2019.
O'qildi: 4189 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.