Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

OFKning futbol ma’muriy tuzilmalari bo‘yicha ilk dasturi yakunlandi

OFKning futbol ma’muriy tuzilmalari bo‘yicha ilk dasturi yakunlandi

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Osiyo futbol konfederasiyasi o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib, tobora yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.

Buning natijasi o‘laroq, qit’a futbol uyushmasi bir qator musobaqa hamda muhim sport tadbirlari mezbonligini O‘zbekistonga topshirmoqda.

Jumladan, 28 oktyabr - 1 noyabr kunlari poytaxtimizda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan futbol ma’muriy tuzilmalari ish faoliyatini tashkil etish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Qayd etish joizki, bunday seminar ilk bora OFK tomonidan unga a’zo assosiasiyaning bevosita o‘zida tashkil etildi.

Mazkur dastur davomida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi mutaxassislari Jahon sport akademiyasi va Osiyo futbol konfederasiyasining tajribali mutaxassislari ma’ruzalarini tinglab, o‘z sohalaridagi so‘nggi innovasiya va yangiliklardan boxabar bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


“Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Riding” kabi klublar, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro futbol assosiasiyalarida uzoq muddat faoliyat olib borgan tajribali mutaxassislar – Stiv Griffts (Shimoliy Irlandiya), Pol Nelson (Angliya), Stiven Folk (Angliya), Tatyana Henni (Shveysariya), Laslo Ssalay (Vengriya), Joana Jon (Malayziya) hamda Liu Jiaye (Xitoy) kabi ma’ruzachilar zamonaviy futbol tuzilmalari, ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, boshqaruvchi kadrlarning ko‘nikma va mahoratini oshirish, futbol uchrashuvlari va katta musobaqalarni o‘tkazish, media-marketing sohalarining faolligini ta’minlash, bunda zamonaviy texnologiyalardan faol tarzda foydalanish, shuningdek, sport huquqi hamda jahon miqiyosida muvaffaqiyatga erishgan yetakchi futbol assosiasiyalari tajribalari bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini o‘rtoqlashishdi.

Bugun mazkur dastur o‘z ish faoliyatini yakunladi. Uning qatnashchilariga maxsus sertifikatlarni topshirish marosimida O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va bunday muhim dasturning dastlabkisini tashkil etishda OFK tomonidan O‘FAga bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qayd etish joizki, ushbu dastur Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan unga a’zo milliy assosiasiyada ilk bora tashkil etildi va unga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mezbonlik qildi. Mazkur dasturning muvaffaqiyatli yakunlanishi asosida OFK qit’amizning boshqa mamlakatlari futbol assosiasiyalarining ham mutaxassislari malakasini shu asosda oshirib borish tajribasini yo‘lga qo‘yadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:35, 02.11.2019.
O'qildi: 1550 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.