Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xayrulla Hamidov: «Lempard – o‘z uslubiga ega murabbiy»

Xayrulla Hamidov: «Lempard – o‘z uslubiga ega murabbiy»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yoshligimda Frenk Lempardning o‘yinlarini ko‘p kuzatganman, sharhlaganman. O‘ziga xos uslubga ega, yangi asr futbolining yorqin vakillaridan edi.

Bugun u murabbiy. Bo‘lgandayam, o‘ta chiroyli o‘yin ko‘rsatishga ulgurgan mutaxassisga aylana olgan murabbiy. Qisqa muddatda. "Aristokratlar" xaloskori deb atalmoqda.

Futbol tomosha qilishni boshlaganimda ko‘p kuzatganlarim - futbolchilar hozirda zo‘r murabbiyga aylanishgan. Gvardiola, Simeone, Konte...

Lekin Frenk boshqa darajadagi shaxs. U yuqoridagi metrlardan farqli ravishda futbolchiligida daho bo‘lgan. U murabbiyligini futbolchiligi darajasiga olib chiqishi juda qiyin holatda aslida.

Deylik, Zidan bilan taqdirdosh. Biroq, fransiyalik yulduzdan ham farqli tomoni bor -- u O‘Z USLUBIGA EGA murabbiy. "Chelsi"ga o‘sha uslubi bilan keldi. Nima qilishini aniq ko‘rsatib keldi.

Odam mana shunaqa yoshligining guvohi bo‘lgan yulduzlarning boshqa sohaga o‘tganini sharhlasa, his-tuyg‘ulari aralash holatga tushadi. Chunki Lempard ham, Zidan ham boshqa sohada faoliyat yuritishyapti, sen esa haliyam sharhlovchisan. Sohang o‘zgarmaydi, qariguncha asqotadigan ajoyib soha.

Kiritildi: 20:11, 02.11.2019.
O'qildi: 4058 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик