Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Ertaga voleybol bo‘yicha «Toshkent-2019» xalqaro turniri start oladi

Ertaga voleybol bo‘yicha «Toshkent-2019» xalqaro turniri start oladi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda ommaviyligi borasida eng yuqori o‘rinlardan birini egallaydigan voleybol sportiga bo‘lgan e’tibor ham asta-sekin o‘zgarmoqda. Buning tasdig‘i sifatida ilk marotaba poytaxtimizda Markaziy Osiyo davlatlarining erkaklar milliy terma jamoalari o‘rtasida “Toshkent-2019” xalqaro turniri o‘tkazilayotganini aytish mumkin.

8-10 noyabr kunlari Toshkent temir yo‘llar muhandislari instituti sport majmuasi mezbonlik qiladigan musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston respublikalarining milliy terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida “Toshkent-2019” xalqaro turniri ishtirokchilari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov ishtirok etdi hamda barcha jamoalarga bo‘lajak musobaqalarda omad tiladi.

Voleybol bo‘yicha “Toshkent-2019” xalqaro turnirini Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari boshlab berishadi. Mazkur o‘yin soat 10:00da start oladi. Shundan so‘ng musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilsa, kunning ikkinchi yarmida maydonga musobaqa mezbonlari O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston voleybolchilari tushadi. Davraviy tizimda o‘tadigan musobaqa g‘olibi 10 noyabr kuni aniqlanadi.

“Toshkent-2019” xalqaro turniri taqvimi.

8 noyabr, juma
10:00  Turkmaniston – Tojikiston
14:30  O‘zbekiston – Qirg‘iziston

9 noyabr, shanba
10:00  Qirg‘iziston – Turkmaniston
14:30  Tojikiston – O‘zbekiston

10 noyabr, yakshanba
10:00  Tojikiston – Qirg‘iziston
14:30  O‘zbekiston – Turkmaniston

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:56, 07.11.2019.
O'qildi: 1720 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик