Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yangi loyiha: “Real”ning asosiy tarkibi qanday bo‘lishi kerak?

Yangi loyiha: “Real”ning asosiy tarkibi qanday bo‘lishi kerak?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin kuchsizlangani aytilayotgan “Real”da ayni damda boshqa muammolar ham talaygina. Zinedin Zidan har bir musobaqada g‘olib chiqa oladigan barqaror asosiy tarkib topa olmayapti, shu boisdan hozir ana shu tarkibni o‘zi shakllantiryapti. Aslida, ayni damda Madrid klubida o‘z sohasining ustasi bo‘lgan 11 ta futbolchini topish mushkul.

Bugundan yangi loyihaga qo‘l urdik. Unda tarkibida muammolar mavjud bo‘lgan jamoaning asosiy tarkibini tuzib ko‘ramiz. Bunda klubning taktikasi inobatga olinadi va ana shu taktikaga mos keladigan futbolchilar tanlanadi. Xo‘sh, “Real”ning asosiy tarkibi qanday bo‘lishi kerak?

Darvozada — David De Xea

Garchi oxirgi o‘yinlarda biroz yaxshiroq o‘ynayotgan bo‘lsa-da, Kurtua “Real” darajasiga moslasha olmaydigandek ko‘rinyapti. U “qirollik klubi”dagi bosimni yengishda qiynalmoqda. Shu bois uning o‘rniga David De Xea ayni damda eng munosib nomzod hisoblanadi. De Xea nisbatan yosh, tezkor, reaksiyasi kuchli.

Himoya. Himoyada Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo

Ayni damda ushbu to‘rtlik mustahkam himoya chizig‘ini tashkil eta olishadi. Agar kimnidir olib kelish kerak bo‘lsa, men van Deykni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki “Real”ga bo‘yi uzun himoyachi zarar qilmaydi.

Yarim himoya. Markaziy yarim himoyada menda “Real”bop futbolchi bor, bu — Kante. Fransiyalik futbolchining to‘p bilan muomalasi menga juda yoqadi. Oxirigacha kurashadi, to‘pni raqibdan olib qo‘yadi va tezda oldinga tashlanadi. Ochiq turgan futbolchini topa olsa, to‘p bilan ta’minlaydi, topa olmasa, farqi yo‘q o‘zi ham raqib jarima maydoniga kirib boraveradi. Kazemiro ham yomon futbolchi emas, ammo u Ngolo kabi tezkor emas.

Qanotda esa De Bryuyne nomzodi ma’qulroq. Oxirgi o‘yinlarda bu futbolchi shu qadar aniq uzatmalarni amalga oshiryaptiki, hayron qolasan kishi. Kevin de Bryuyne ancha aqlli futbol namoyish etyapti.

Hujum. Ayni damda “Real”ning islohotga eng muhtoj qismi — hujum chizig‘i. Garchi Ronaldu ketgach, hujumchi va hujumkor futbolchilar xarid qilingan, klubda yaqqol hujumchilar bor esa-da, hech biri markaziy hujumchi rolini qoyillatayotgani yo‘q. Na Karim Benzema, na Luka Yovich. “Qirollik klubi”ning hujum uchligi qanday bo‘lishi kerak. Hozirgi tarkibdan Azar va Rodrigo qoladi. Azar sal ozib, formaga kirsa, yana avvalgi o‘yinlarini ko‘rsata oladi. Rodrigo esa tug‘ma iqtidori va hozirgi o‘yinlari bilan asosiy tarkibga kirishga loyiq.

Benzema “Real”da 10 yildan beri o‘ynayotgan bo‘lsa-da, hamon muxlislar ishonchini qozona olgani yo‘q. Bundan keyin ham markaziy hujumchi sifatida ishonchni oqlay olishiga ishonish qiyin. “Real”ga har bir o‘yinda va har qanday holatda hujumchiga mos ravishda harakat qila oladigan futbolchi kerak. Nomzod kim? Shak-shubhasiz, Mbappe. Kilianda hamma narsa bor, tezlik, zarba, sovuqqonlik. Qolaversa, hali yosh, g‘alabaga, sovrinlarga o‘ch. Demakki, “Real”ga u, unga “Real” kerak.

Demak, “Real”ning yakuniy tarkibi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: David De Xea — Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo — Kante, de Bryuyne, Kroos — Azar, Mbappe, Rodrigo.

Xo‘sh, sizning variantingiz qanday? Agar “Real”ga bosh murabbiy bo‘lganingizda, qanday tarkibni shakllantirgan bo‘lardingiz? Siz “Real”da qaysi futbolchilar o‘ynashi kerak, deb hisoblaysiz?

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:10, 08.11.2019.
O'qildi: 10860 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.