"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 12-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinda jamoa darvozaboni Ederson maydonga tushmasligini aytdi.
"Ederson o‘ynay olmaydi. U qancha vaqtga safdan chiqqanini bilmayman. Yakshanba kuni u o‘ynay olmaydi.
Bravo uning o‘rnini egallaydi. U – Chili bilan ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozongan ajoyib darvozabon. Men unga shubha qilmayman", – deb Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi klubning "tvitter"dagi rasmiy sahifasi.
Eslatib o‘tamiz, Ederson Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi o‘yinda (1:1) jarohat olgandi.