Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Domeniko Tedesko: "Oxirgi marta uyda g‘alaba qozonganimizga ancha bo‘lgandi"

Domeniko Tedesko: "Oxirgi marta uyda g‘alaba qozonganimizga ancha bo‘lgandi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Intervyular

Moskvaning «Spartak» klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko «Krilya Sovetov» (2:0) klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin rossiyalik hamkasblarimizga intervyu berdi.

«Bugun “Spartak” o‘z maydonida g‘alabani qo‘lga kiritganidan juda xursandmiz, chunki, jamoa anchadan beri bu ishni udllay olmay kelayotgandi. Biz yaxshi o‘yin namoyish etdik.Ko‘proq gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Bundan tashqari bosh hakam birinchi bo‘limda raqib darvozasi tomon 100 foizlik penaltini bermadi. «Krilya Sovetov» klubida ham gol kiritish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, lekin biz bunga yo‘l qo‘ymadik va yakunda haqli ravishda uch ochkoga ega chiqdik», - dedi Tedesko.

— Kutepov jarohat olganida ham taktik sxemani o‘zgartirmadingiz.

— Gapa asosiy tarkib o‘yinchisi ekanligini isbotladi. Jamoani qabul qilib olgan birinchi kunimdanoq u juda ko‘p mehnat qildi. Ikki hafta oldin u menga «Spartak-2» jamoasida o‘ynashga ruxsat berishimni so‘radi. Bu futbolchi o‘ynashni, o‘sishni xohlayapti degani, bu futbolchi uchun yaxshi. To‘rtta himoyachi bilan o‘ynashimiz mumkin edi, Kutepovni Kralga almashtirishimiz mumkin edi, variantalarimiz juda ko‘p edi. Biroq biz Gapa bilan o‘ynashga qaror qildik. O‘ylaymanki, u o‘zini oqladi va ajoyib uchrashuv o‘tkazdi.

— Bakayev endi penalti tepadimi?


— O‘ylashimcha, 11 metrli jarima to‘pini futbolchilarning o‘zi hal qilgani yaxshi. Agar kim o‘ziga bo‘lgan ishochni his etsa o‘sha penalti tepgani ma’qul. Bu borada muammo ko‘rmadim.

Bugun yana sariq kartochka oldingiz. «Zenit»ga qarshi uchrashuvda o‘yinni tribunada tomosha qilishdan qo‘rqmaysizmi?

 
— Yo‘q, hech narsadan qo‘rqmayman. Agar ehtiroz bo‘lmasa, u holda futbol o‘ladi. Agar mana shunday sariq kartochkani Germaniyada olganimda bormi, 10 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborgan bo‘lar edim. Maydonga chiqib ketib qolganimni tan olaman. O‘sha vaziyatda o‘yin to‘xtatilgan edi, biroq menga baribir sariq kartochka ko‘rsatdi. Bunga hayron qoldim.

— Bugun barcha futbolchilar yaxshi o‘ynadi. Kimni zahiraga olish borasida muammoga duch kelmadingizmi?

— Fikringizga qo‘shilaman. Barcha futbolchilar charchaganligi sababli almashtirildi, yomon o‘yin namoyish etgani uchun emas. Kimni zahiraga olish borasidagi tanlov oson bo‘lmadi.

Ketma-ket uchta uchrashuvda raqiblar sizning sxemangizgi qarshi o‘ynayotganiga hayron qolmadingizmi?

— To‘g‘risini aytsam, syupriz bo‘ldi. Bizning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Vladimir Chepzanovich raqib murabbiyi hech qachon taktik sxemasini almashtirmaydi, «Krilya» 4-2-3-1 taktikasi ostida o‘ynaydi dedi. Shunday ham bo‘ldi. Taktik o‘zgarish o‘yin jarayonida ro‘y bergani yaxshi deb hisoblayman. O‘tgan turda afsuski uyda mag‘lub bo‘ldik. Baxtimizga bugun yutish uchun kuch topa oldik.

Umuman olganda, yangi bosh murabbiyi standart vaziyatlarda o‘ynashni o‘zlashtiradi. Ammo, “Spartak” burchak to‘plarini amalga oshiryapti, lekin jarima to‘plarini darvozaga yo‘llamasdan, o‘yinga kiritmoqda. “Spartak”ning standart vaziyatlari qayerga ketdi?

— Bugun penaltidan gol kiritdik. Bugun birinchi bo‘limda yana ikki marta 11 metrli nuqtadan to‘p kiritishimiz mumkin edi, lekin penalti belgilamadi. Biz raqibni o‘rganib chiqib, shu asosda standartlar ustida ishlayapmiz. Bugun ham «Krilya» standart vaziyatlarda qanday harakat qilishini o‘rganib chiqib, shu tizimda ishladik. Biroq, to‘p uzatilish sifatiga ko‘p narsa bog‘liq. Bugun biz bu borada aniq harakat qila olmadik.

 

Kiritildi: 11:26, 10.11.2019.
O'qildi: 1505 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.