Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Maurisio Sarri Krishtianu Ronalduning hatti-harakatlari haqida gapirib o‘tdi.
"Mashg‘ulot chog‘ida tizzasidan jarohat olganidan keyin u yaxshi formada emasdi. Shu bois uni almashtirib yuborishni lozim deb topdim. Bundan uning jahli chiqqaniga hayron bo‘lmadim. Bu normal holat", — dedi Sky Sport Italiaga.