Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iguain «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytiradi

Iguain «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytiradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Turinning “Yuventus” klubi Gonsalo Iguain bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Bu haqda “Yuventus” klubi sport direktori Fabio Paratichi aytib o‘tdi.

«Iguain juda yaxshi o‘ynamoqda. Mening fikrimcha, u dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. U biz kutmagan ishlarni amalga oshirmoqda. Gonsalo ajoyib yigit va yaxshi futbolchi. Uning o‘yinlaridan qoniqyapmiz. Yozda unga juda ko‘plab takliflar bo‘ldi. U jamoada qolish niyatida ekanligini bir necha marotaba aytdi. O‘tgan mavsum avvalida “Milan”ga ijaraga berib yuborayotgan paytimizda u “Yuventus”ga qaytish haqida sezayotganini aytib o‘tgandi. Shu bois uni ijaraga berishga rozi bo‘lgandik. Biz u bilan hali yangi shartnoma imzolamadik, lekin shartnomani uzaytirishga yaqin turibmiz», – Paratichining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.

Kiritildi: 13:44, 11.11.2019.
O'qildi: 3386 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.